mumkin. Bekatda turib 2,5 m dan 100 m gacha masofadagi nuqtalar 4 soniyada o‘lchanadi. Nivelirda o‘rnatilgan kompensatorlarni ishlash chegarasi 151 ga teng. Asbobda gorizontal doira o‘rnatilgan bo‘lib, uning bo‘lak qiymati 10 ni tashkil qiladi. Nivelirda o‘rnatilgan dastur alohida o‘lchash, kayta o‘lchash, o‘rtadan va oldinga nivelirlash, rejalash ishlari va nivelir yo‘llini tenglash kabi jarayonlarni bajarishini ta’minlaydi. Reykadan olingan sanoqlarni nivelir xotirasiga yozib saqlash yoki asbob displeyi(ekrani)dan o‘qib jurnalga yozish mumkin. Oxirgi yillarda Dini rusumli raqamli nivelirlar Trimble firmasi tomonidan Din 12, Dini 12 T va Dini 22 nomlanib ishlab chiqarilmoqda Trimble Nivelir
Zamonaviy raqamli nivelirlarning tuzilishi 2. Trimble Nivelir Trimble Dini avtomatik raqamli nivelirlar oddiy va unumli ishlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘pincha balandlik asoslarini barpo etishda va injenerlik geodezik masalalarni echishda qo‘llaniladi. Trimble Dini raqamli nivelirlarni afzalligi: -
katta ekran; -
asbob bilan ishlashda boshqarishni osonligi; -
o‘lchangan ma’lumotlarni yozib saqlash uchun xotira kartalar; -
o‘lchashlarni bajarishda vaqtni tejash; -
shtrix-kodli reykalarni tanlash imkonligi; Etarli aniqlikda masofani o‘lchash qobiliyati nivelir yo‘llarda oldi va orqa elkalarni tez muddatda tenglash imkonini beradi. Bu esa elkalarni maksimal uzunligini oshmasligi, shuningdek ishonchli natijalari bilan ta’minlashga va xatolar tarqalishini