Inson ekologiyasi. Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai-nazar


Atrof-muhit va demografik siyosat



Yüklə 9,19 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü9,19 Kb.
#198916
1   2   3
1. Aholi sonining o’sishi va atrof-muhit muammolari Atrof-muhit -fayllar.org

2. Atrof-muhit va demografik siyosat


  • Atrof muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida berilgan. Konstitutsiyaning 50-moddasida «Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» deb ta’kidlanadi. Ushbu talabga ko’ra O’zbekistonning har bir fuqarosi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish talablariga to’la amal qilishi shartdir.

Ilmiy-texnik taraqqiyot va uning bilan bog’liq tabiiy muhitning buzilishi muhofazani kuchaytirish, alohida resurslardan foydalanishni huquqiy tartibga solish uchun «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida» (1993); «Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to’g’risida» (1993); «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida» (1996); «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» (1997) va boshqa qonunlar qabul qilingan. Mavjud qonunlar va normativ huquqiy hujjatlarda fuqarolarning ekologik huquqlariga katta o’rin berilgan.


Ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etilganda quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir yetish quroli hisoblangan yoqi bevosta shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish;
3) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan(masalan, ov qilish huquqidan) mahrum yetish.
Ekologik jinoyat sodir yetishda aybli deb topilgan Shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo’llanilishi mumkin:
1) jarima;
2) muayyan huquqdan mahrum qilish;
3) ahloq tuzatish ishlari;
4) qamoq;
5) ozodlikdan mahrum qilish.
Qo’shimcha tariqasida mol-mulkni musodara qilish ham qo’llanilishi mumkin.

3. Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi.

Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo’shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlari o’zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang-to’zonlar, o’rmon va dashtlardagi yong’inlar, o’simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va hokazo kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi tez oshib bormoqda. Atmosferaning mahalliy, mintaqaviy va umumsayyoraviy ifloslanishi kuzatiladi.


Havo ifloslanishining muntazam REChMdan yuqori bo’lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va ta’siri REChM ko’rsatkichlari bo’yicha belgilanadi. Masalan, (mg/m3) is gazi – 0,01, oltingugurt gazi – 0,05, xlor – 0,03, fenol – 0,01, formaldegid – 0,03, qurum – 0,05 va hokazo. REChM ko’rsatkichlari turli davlatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REChMlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, 38 ta moddalarning birlashib ta’sir qilishi o’rganilgan bo’lib, ular uchun me’yorlar belgilangan.
Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomg’irlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg’i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot oksidlari ko’p bo’ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg’irni kislotaga aylantiradi.
Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportlarning hissasi ortib bormoqda. Dunyo bo’yicha 8 mln. dan ortiq avtomobil har kuni havoga 100 minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar mavjud.

Yüklə 9,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin