Inson ongining tarixiy taraqqiyoti



Yüklə 18,08 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü18,08 Kb.
#127083
INSON ONGINING TARIXIY TARAQQIYOTI


INSON ONGINING TARIXIY TARAQQIYOTI
Hayvonlar psixikasining paydo bo‘lishi va o‘sib taraqqiy qilinishini
yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos
bo‘lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo‘ladi.
Inson ong egasi bo‘lganligi tufayli hodisalarning o‘zaro sababiyatlari,
bog‘lanishlarini va bu bog‘lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o‘z
oldiga muayyan maqsadlar qo‘yadi va shu maqsadlarga yarasha ish
ko‘radi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan
materiyaning, ya’ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini
ijtimoiy hayot sharoitiga bog‘lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning
eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli
ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo‘lgan.
Odamning eng avvalgi ota-bobolari to‘da-to‘da bo‘lib yashagan.
Mehnat jarayonida insonni jamiyatga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga
ta’sir etib va uni mehnati bilan o‘zlashtirish jarayonida o‘zining
tabiatini ham o‘zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari
mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillasha borgan.
Odamning taraqqiy qilishida mehnatning roli Inson ongining taraqqiy qilishida so‘zsiz mehnat jarayoni muhim
rol o‘ynadi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o‘z ehtiyojlari
uchun kerak bo‘lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo‘lgan yog‘och, tosh
kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan.
Ayni mehnat qurollari tayyorlanishi, qo‘ldan turli-tuman ishlarda
foydalanishi tufayli odamzod qo‘lining panjalari rivojlandi. Odam mehnat
qilgan sayin so‘zlashni o‘rgandi, nutq vujudga keldi, odam tilga kirdi,
so‘zlashni o‘rgana boshladi, so‘zlay berish munosabati bilan, nutq ila
qilinadigan muomalada til taraqqiy eta bordi va mehnat bilan bir qatorda,
odam bosh miyasi va ongining yanada o‘zgarishi, takomillashuvi uchun
asosiy faktor bo‘lib qoldi.
Odam miyasining nisbiy hajmi ham o‘zgardi va ancha kattalashdi.
Bosh miya po‘stining yuzasi ham kattalashdi (2000 kv. sm), miyaning
va miya po‘stidagi ayrim qismlarning tuzilishi o‘zgardi. Katta yarim
sharlarning peshana va tepa bo‘laklari, ayniqsa, takomil etdi. Odam
miyasining peshana bo‘lagi miya po‘sti yuzasining taxminan 30 foizini
egallaydi. Bosh miya po‘stining ensa bo‘lagi odamda 12 foizini egalladi.
Odam miyasining po‘stida yangi markazlar hosil bo‘ldi, hayvonlarning
miya po‘stida esa bunday markazlar yo‘q. Odam miyasining po‘stida
nutq markazlarining hosil bo‘lishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Odamda ikkinchi signal sistemasi vujudga keldi va tarkib topdi, ikkinchi
signal sistemasining ishlashi odamdagi yuksak nerv faoliyatining hayvonlardagi
yuksak nerv faoliyatidan farq qiladigan asosiy xususiyatidir.
Odamda moddiy dunyo taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo
bo‘lgan ong taraqqiy qilib va o‘zgarib bordi. Lekin ongning tarixiy taraqqiyoti
biologik qonunlar bilan emas, balki ijtimoiy qonunlar bilan belgilandi.
Kishilar ongi ijtimoiy hayot shakllarining tarixiy o‘zgarishlariga
muvofiq ravishda taraqqiy qilib bordi. Jumladan, kishilar ongining tarixiy
taraqqiyoti ishlab chiqarish usullariga, ishlab chiqarish munosabatlarining
o‘zgarishiga va shu jamiyat ideologiyasiga qarab bordi.
Ideologiya deb biron jamiyat, sinfning siyosiy, falsafiy, ma’naviy, estetik
(san’at), diniy qarashlar sistemasini aytiladi. Ideologiya, boshqacha aytganda,
ijtimoiy ong deb ataladi. Psixologiyada tekshiriladigan individual
ongni, ya’ni har bir ayrim kishi ongini ijtimoiy ongdan farq qilish kerak.
Barcha kishilar tevarak-atrofdagi dunyoni seza va idrok eta oladilar.
Barcha kishilarda xotira va xayol bor. Barcha kishilar fikrlaydilar va til
vositasi bilan o‘zaro aloqa qiladilar. Barcha kishilar turli hislarni
ko‘ngildan kechiradilar va o‘z irodalarini namoyon qiladilar.
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalarining
tarixiy taraqqiyoti
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalari tarixan taraqqiy
qilib kelgan. Kishilarda faqat ularning o‘ziga xos bo‘lgan ehtiyojlar vujudga
keldi va taraqqiy etdi.
Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchun
zarur narsalarning hammasi demakdir.
47
Odam yashash, hayot kechirish uchun o‘z ehtiyojlarini qondirishi
lozim.
Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik,
tug‘ma ehtiyojlar bo‘ladi, ovqatlanish, o‘z-o‘zini himoya qilish, nasl
qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan
tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy,
estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug‘ma ehtiyojlar
emas, ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo‘lgan odamning biologik
ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan
o‘zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga
qarab o‘zgaradi.
Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko‘ruv, eshituv,
tuyg‘u organlari, ayniqsa, yuksak kamolotga erishdi. Odam musiqani,
nafis suratlarni va boshqa san’at asarlarini idrok etishga qodir bo‘ldi.
Qo‘l asosiy mehnat organi bo‘lish bilan birga asosiy tuyg‘u organi ham
bo‘lib qoldi.
Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham
takomillashib va sifat jihatidan o‘zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa
va hodisalarni anglab-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok
etadigan bo‘ldi, o‘z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esda
qoldiradigan va undan anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ldi.
Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot mahsulidir
Odamzod tafakkuri dastlab elementar mehnat faoliyati bilan chambarchas
bog‘langan edi. Bu aniq-amaliy tafakkur edi. Keyinchalik tafakkur
aniq tafakkurdan abstrakt tafakkur sari va amaliy tafakkurdan nazariy
tafakkur sari taraqqiy qilib bordi. Albatta, abstrakt va nazariy tafakkur
tajribadan ajralmagan holda o‘sib bordi. Mantiqiy tafakkur shakllari
ham mehnat tajribasida va dunyoni bilish jarayonlarida hosil bo‘ldi va
o‘sib bordi.
Odam hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa va munosabatlarni, tabiat
va ijtimoiy hayot qonunlarini tafakkur yordami bilan ochib oladi.
Insonning ong idora qiladigan faoliyati endi faqat oddiy qo‘l mehnati
qurollari, ovqat, kiyim-kechak va turar joyinigina yaratib qolmay, balki
fan, san’at, murakkab texnikani ham yaratadi. Kishilar ilmga asoslangan
dunyoqarash yaratishga intiladilar va shunga harakat qiladilar. Taraqqiy
qilayotgan fan, texnika va san’at esa o‘z navbatida kishilar ongining
o‘sishiga, ularning ma’naviy qiyofasiga, tafakkuriga ta’sir etadi.
Avvalgi nasllarning tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keyingi
nasllarga o‘tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib borgan til
o‘z navbatida kishilarning ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta’sir etdi.
48
Yozuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o‘zaro aloqasi va bir-biriga
ta’siri mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo‘lib qoldi. Kishilar birbirlari
bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi
kishilar bilan va ilgari o‘tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog‘lash yo‘li
bilan ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo‘lib qoladi.
Til kishining butun ongli faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir. Yuqorida
ko‘rsatib o‘tilganidek, til mehnat bilan bir qatorda inson jamiyati
va ongini taraqqiy ettiradigan ikkinchi asosiy faktordir.
Mehnat jarayoni va ijtimoiy munosabatlarning tarkib topish jarayonida
tafakkur va til bilan birga, odam irodasi ham paydo bo‘ldi hamda
tarixan o‘sa bordi. Odam, ish ko‘rishdan oldin o‘z harakatlarini tasavvur
qiladi, shu harakatlarni oldin o‘ylab ko‘radi, qo‘yilgan maqsadga
yetish uchun anglab-bilib g‘ayrat ko‘rsatadi, ro‘y bergan qiyinchiliklarni
yengib o‘tadigan bo‘lib qoladi. Iroda bilan bo‘ladigan harakatlar – ongli
harakatlar shakllanadi. Shu bilan birga, odamning iroda-ixtiyor bilan
qiladigan harakatlari bo‘ladi. Tevarak-atrofdagi muhitni o‘zlashtirish,
uni o‘z ehtiyojiga moslashtirish imkonini paydo qildi. Odam iroda egasi
bo‘lganligi tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiatni o‘ziga asta-sekin
bo‘ysundirdi, uni o‘ziga xizmat qilishga majbur etdi. Odam tabiatni,
tevarak-atrofdagi olamni o‘z maqsadlariga muvofiq qilib o‘zgartiradi,
unga yangilik kiritadi. O‘sha tarixiy taraqqiyot jarayonida, uzoq kurash
yo‘li bilan insonlar ijtimoiy muhitining stixiyali ta’siridan qutuladi, ijtimoiy
taraqqiyot qonunlarini sekin-asta bilib olib, ijtimoiy hayotga uyushgan
holda ta’sir ko‘rsata boshlaydi, inson jamiyatining taraqqiyotini
muayyan yo‘lga sola boshlaydi.
Kishilar ongining o‘zgarishi
Mamlakatimizda mustaqillikning g‘alaba qilishi odamzod shaxsining
– undagi barcha kuch va qobiliyatlarning yayrab-yashnashi uchun
mislsiz katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ishlab chiqarish vositalarining
ijtimoiy mulkligi ishlab chiqarish munosabatlarining asosi ana shu yangi
munosabatlarni aks ettiradigan yangi ong ham paydo bo‘ldi. Kishilar
ongidagi bu yangilik kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishida,
mehnatga munosabatning o‘zgarishida, kishilar saviyasining o‘zgarishi
va kengayishida, ularning o‘z faoliyatida oldilariga qo‘yadigan
g‘oyalarning o‘zgarishida o‘z ifodasini topdi. Kishilarning o‘zaro
munosabatlarida o‘rtoqlarcha hamkorlik va ishlab chiqarish jarayonida
o‘zaro yordam, hamkorlik qaror topdi.
Bizda kishilarning mehnatga munosabati ham tubdan o‘zgardi: ilgari
og‘ir va mashaqqatli yuk deb hisoblangan mehnat shon-sharafga,
shavkat va qahramonlik ishiga aylandi. Mehnatda zavq-shavq qo‘zg‘aydigan
manbalar paydo bo‘ldi. Bizda mehnat faqat yashash vositasi bo‘libgina
49
qolmay, balki, ehtiyojga shu bilan birga, shodlik va bardamlik manbalariga
aylandi. Kishilarning yuksak hislari – Vatanimiz baxt-saodati uchun
ijodiy mehnat qilishida yangilik yaratish, kashfiyot bilan shug‘ullanishda
o‘z ifodasini topmoqda. Ozod kishilarning erkin mehnati zo‘r ijodiyot
ekanligini, bu ijodiyotda kishining barcha jismoniy va ma’naviy kuchlari
munosib ravishda qo‘shilishini, korxonalarimizning ilg‘orlari va
tadbirkorlari amalda ko‘rsatmoqdalar.
Kishilarning o‘zaro munosabatlari o‘zgarishi bilan mehnatga yangicha
munosabat qaror topishi bilan kishilarning ongi ham o‘zgardi.
Ular o‘z jamiyatiga qarshi bosh ko‘taradigan kishilar emas, balki o‘z
jamiyatining a’zosi uning fidoiysidirlar. Ular Vatan oldidagi burchini,
vazifalarini doimo yaxshi anglaydigan kishilardir. Mustaqillik davrida
kishilarning fikr-hislari, intilishlari va irodasi ham o‘zgardi.
Kishilar ongining o‘zgarishida ijtimoiy tuzum qancha yuqori bo‘lsa,
ijtimoiy muhitning o‘sib kelayotgan avlod ongiga ta’siri shuncha ortadi.
Mustaqillikka erishishimizning o‘zi kishilarning ongini o‘zgarishiga sabab
bo‘ldi. Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir etishida ta’lim-tarbiyaning roli
kattadir. Chunki bolalar yoshligidan atrofdagi kishilar bilan munosabatda
bo‘lib, bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. Bolani o‘rab olgan
ijtimoiy muhit (tabiat, jamiyat, jamoa va guruh), mehnat va til faqat inson
shaxsi taraqqiyotining shartlarigina bo‘lib qolmay, bolalar uchun maktabda
o‘quv predmetiga aylanadi. Bilim va ko‘nikmalarni egallash bolaning
ma’naviy jihatdan o‘sishiga yordam beradi, dunyoqarash shakllanadi.
Inson ongining o‘zgarishida uning faollik ko‘rsatishi ham muhim ahamiyatga
ega. Agar bola tug‘ilganidan boshlab faollik ko‘rsata boshlasa, keyinchalik
bu faollik faoliyatga aylanadi. Faoliyat esa kishining o‘zini o‘rab
olgan tabiatga, ijtimoiy muhitga va ayrim kishilarga ta’sir ko‘rsatishidir.
Bularning hammasi kishilar ongining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Yüklə 18,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin