Jek London
“Martin Iden ”
Kitobidan
Jek London shunday yozadi dengiz to’lqinlanib kayutada birdengizchi bola hayot to’lqinida to’lqinlanib borar edi. Kunlarning birida u bir yigitga yordam berdi va yigitning singlisini ya’ni Rufini yoqtirib qoldi. Biroq u zodagon oilasida tug’ilgan bo’lib,nochor Idenga mos emas edi.Ammo Iden sevgisi kuchlilik qildi o’shal yorga erishish yo’lida juda kuchli yozuvchiga aylandi. Endi unda obro’,do’stlari hatto mensimagan Rufi ham qayta kelib sevishini aytdigan darajada nufuzi bor edi . Lekin endi kech Iden bu dunyo hamma narsaga erishganida unga mehrni xojati yo’q, mehrni ko’tara ololmadi.Inson senda nimadir borligi, seni shuning uchun xurmat qilishidan Xudoning o’zi asrasin ekan!!!
Garchi shuncha mag’rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak
Shunday ekan manmanlik nechun
Kibru xavo nima kerak
Ehtiyot bo’l hatto bir qadam
O’tma g’urur ostonasidan
Piyoloni shuning uchun inson
O’par doim peshonasidan
Biridan boshlanar shu yorug' olam,
Dunyoga qo'yilgay ostonadan ot.
Uydan boshi egik chiqdimi odam,
O'sha kun tor unga butkul koinot.
Yigitning bir umri do'st bilan butun,
Do'st bilan shirindir zaqqum hayoti.
Do'stdan pand egan chog' ne bor uning-chun!
Bad unga hattoki bor inson zoti.
YOSHLIGIM
Olis qishlog‘imning ko‘chalarida
Tuproqni changitib yurgan yoshligim.
Janubning yulduzli kechalarida
Uxlamay xayollar surgan yoshligim.
Orzular qaygadir chorladi bir choq,
Ortda qolib ketdi u aziz tuproq.
Kimgadir shogirdu kimgadir o‘rtoq
She’r bilan suhbatlar qurgan yoshligim.
Tanidim yurtimni, qadim elimni,
Alisher so‘zlagan suluv tilimni.
Va lekin yovlarim to‘sib yo‘limni
Ne zabun kunlarni ko‘rgan yoshligim.
Dunyoda birovni kamsitmoq yomon,
Yomondir seniki bo‘lmasa zamon.
Topolmay bir chora, topolmay imkon
Yo‘lin yolg‘izlikka burgan yoshligim.
Shukur, to‘zonlarda qolmadim so‘lib,
Keldi xush davron ham shavqlarga to‘lib.
Endi ro‘paramda nabiram bo‘lib
Mardona qad kerib turgan yoshligim.
25.12.2007 y.
MULK
Sen meni kechirgin gaplarim uchun,
O‘rinsiz so‘zlarim uchun kechirgin.
Sening yuzlaringga boqib tunu kun
To‘ymagan ko‘zlarim uchun kechirgin.
Fikring menikidir, zikring meniki,
Menga taalluqli go‘zalliging ham.
Qolgan barcha mulking, mayli, seniki,
Ayt-chi, nima qoldi o‘zingga, erkam.
10.01.2008 y.
IBRAT
Dunyoning ajoyib ibratlari bor,
O‘sha boshqaradi umr kemasin.
Do‘stiga mehrini etganda izhor,
Hech kim ko‘kragidan tepki yemasin.
Qanchalik balandga chiqmasin odam,
Aslo unutmasin Halloq — egasin.
Mayli gunohiga iqror bo‘lsa ham,
Savob ishin esa qildim demasin.
10. 01. 2008 y.
MA'LUM GAP
O'tar shoirligu baxshiligimiz,
Yetar adovatu qarshiligimiz.
Bu dunyo, u dunyo naqshiligimiz:
Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.
Mayliga ko'klarda parvoz etsak ham,
Yoki tuproq bo'lib, munglar yutsak ham,
Dunyodan yaxshilik ko'rmay o'tsak ham,
Qolar yaxshi nomu yaxshiligimiz.
“
Dostları ilə paylaş: |