Inson o’zing
Havolanib uchgan zarra-yu,qumlar
Suvga yetibkelgach yeldanda qolar.
Tog’larda sel bilan qo’shilib oqayotgan toshlar,
Tuzga aylanguncha seldanda qolar,
Bu dunyo aldog’chi ishonma unga
Otangdan qolgandur sendada qolar.
Yo’lga chiqsang o’ngu-so’lingga qara,
Qancha? Bozor, mozor, maqbara!!!
Unda barcha tengdur gado-yu to’ra.
Sozanda chalayotgan nayingdan so’ra
Sozu, nozu, raqqosu teshik tog’ora ,,,
Boshqalardan qolgandur sendada
QOLAR
Otang, senga bir bog’ berdi,
O’gil bog’dagi uzumidan berishga qizg’andi.
Otamdanestalik
Hayotko’pqirraliqirrasigaboq
Bugunbizinsonmizertagatuproq
Lekinshunavqironyoshlikchog’imda
Hechnarsako’rmadimdo’stdanazizroq
Jahoning shodligi yig’ilsa bu kun
Do’stlar diydoridan bo’lolmas ustun.
Toki otang rozi emas makkang madina bo’lmas!!!
----------NURI DIDA TOJI SAR…..
Jasurdan estalik
Oltin deb topganim mis bo’lib chiqdi.
Bahor deb borganim kuz bo’lib chiqdi.
Hazon deb olganim has bo’lib chiqdi.
Taqdirning charx urib o’tganin qarang.
Shu davrada turgan do’stlarim
chin do’st bo’lib chiqdi.
Bolbekdan estalik
Qadringga yetmagandan izlama, qadr
Mushkul kunlaringga to’plagin sabr.
Osmonda uchganni, yerda yurganni
Kun kelib teng qilar, oddiy bir qabr
Vatan
Ko’hna tol beshikdan boshlangan olam,
Senga iddaolar qilmay sevaman.
Bir kuni singlim deb,
Bir kuni onam –
Vatan,
Kimligingni bilmay sevaman.
( Muhammad Yusuf)
“O’zbekiston”
O, ota makonim,
Onajon o’lkam
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga
Senday mehribon yo’q,
Seningdek ko’rkam,
Rimni alishmasman beda poyingga.
“Qayga borsam suyab boshni tik tut deb,
tog’laring izimdan ergashib yurar”
Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman yo sodda kasman men –
Parijning eng go’zal restaranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.
Bildimki, baridan ulug’im o’zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga
Bahorda bahmalda tug’ilgan qo’zing,
Arab ohusidan azizroq menga –
Sen bilan o’tgan har kun bayram – bazm,
Sensiz bir on qolsam vaxmim keladi,
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga raxmim keladi.
<>
Dostları ilə paylaş: |