Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi


Ong moddiylikning miyada aks etishi



Yüklə 66,51 Kb.
səhifə2/30
tarix15.06.2023
ölçüsü66,51 Kb.
#130677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
S7. Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi

Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog`lab talqin etiladi. Bunday qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog`lashga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistic yo`nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini bo`zib talqin qilish hollari ham paydo bo`lgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb nom olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo`la oladi.
Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni kurish mumkin, ammo ongni kurib ham, ushlab ham, ulchab ham bo`lmaydi.Хush, ong tarixan kachon va qanday omillar ta’sirida shakllangan? Uhaqiqatan ham miya bilan bog`liqmi?
Ong tarixi insonning inson bo`lib shaklllana boshlashi tarixi bilan bog`liqdir. O`zok vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi hodisa sifatida qarab kelindi. Hozirgi zamon fani masalaga kengrok doirada yondashish zarurligini ko`rsatmokda. Chunki fan dalillari inson paydo bo`lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo`yish to`g`ri emasligini, u koinotevolyutsiyasining tabiiy xosilasi ekanligini tobora chuqurrok isbotlamokda.
Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat shakllari o`rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning yuqori shakllari quyi shakllariga bog`liqligini, tayanishini, ulardan usib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytanda, ularo`rtasida uzviy aloqadorlik mavjud.
Ong tarixi Јuyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir bo`lgan o`zgarishlardan ham ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jixatdan olganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa sifatida qarash ham mumkin.
In’ikos shakllari evolyutsiyasi va ong. Ong in’ikosning oliy shaklidir. Хush, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo bo`ladi.
Buning uchun esa, xech bo`lmaganda, ikkita ob’ekt bo`lishi va ular o`rtasida o`zaro ta’sir bo`lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, har qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo`lgan boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog`liq xossasiga in’ikos deyiladi.
Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o`ziga xos xususiyatga egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq qiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab harakter kasb etadi. Shu bilan birga, notirik tabiatda in’ikos passivligi, tirik tabiatda esa, faolligi bilan ajralib turadi. Тirik tabiatda in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi axborotli in’ikos shaklini oladi. Ayni paytda axborotli in’ikosning o`zi tirik tabiatning har bir darajasida yanada murakkablashib, o`ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga zamin yaratdi. Aynan psixik in’ikos darajasida vokelikka aktiv munosabat ham shakllanadi, in’ikosning ilgarilab borishidan esa, o`z navbatida, uning o`ziga xos, yuqori shakli bo`lgan ongning paydo bo`lishiga imkoniyat yaratdi.

Yüklə 66,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin