часть
1
«
Научный импульс
»
Январь
, 202
3
1215
sodir bo'ladi: oqsil va D vitamini. Ularsiz kalsiy yetishmovchiligidan aziyat chekishingiz
mumkin. Shu holatlarni oldini olish uchun qanday yo'l tutiladi ? Birinchi navbatda
organizmga Ca ni so'rilishiga to'sqinlik qiladigan omillarni yo'q qilish, so'ngra
yetishmayotgan Ca ni o'rnini to'ldirish kerak, buning uchun : Gazlangan ichimliklar ichishni
to'xtatish: ular suyaklardagi kalsiyni suyultiradi; Qahva: u suyaklar faoliyatiga gazli suv kabi
ta'sir ko'rsatadi. Harakatsizlik: harakatsiz hayot tarzi suyak skeletining eng asosiy tarkibiy
qismlarini yo'qotilishiga sababdir. Yog'li ovqatlar: ular kalsiyning so'rilishini sekinlashtiradi;
Chekish: suyak yemirilishiga olib keladi; Shularni to'xtatilganidan so'ng, kalsiyga boy bo'lgan
mahsulotlarni iste'mol qilish lozim. Tarkibida nisbatan Ca ko'p bo'lgan mahsulotlarga: 1.
Tuxum po'chog'i--Bitta tuxum po'chog'ida 2 g kalsiy mavjud. U taxminan 5 g og'irlikda
bo'ladi va maydalangan holatda bir choy qoshig'i sig'imida bo'ladi. Yarim choy qoshiq
maydalangan tuxum po'chog'i dietik kalsiyning kunlik ehtiyojiniqondiradi (ya'ni oziq-ovqat
bilan qabul qilinuvchi miqdori). Solishtirish uchun: shunchakalsiy qabul qilib olish uchun 1,2
kg tvorog yeyish kerak. Kukun tayyorlash uchun po'choqni yaxshilab yuving. So'ng
ehtimoliy bakteriyalarni yo'q qilish uchun 5 daqiqa davomida uni qaynatib olib, quriting va
qahva maydalagichda un holiga kelguncha maydalang. Kuniga yarim choy qoshig'i
miqdorida qabul qiling, masalan tayyor ovqatga qo'shsa bo'ladi. 2. Parmezan va
pishloqning boshqa turlari 3. Kunjut-- o'simliklar orasida kalsiyga boy tarkibi bilan mutlaq
yetakchi manba hisoblanadi. 4. Yog'dagi sardina. Konservalangan sardinalar qiltanoqlari
bilan iste'mol qilinadi, shuning uchun ular kalsiyga boy: 100 g mahsulotda 382 mg. 5.
Bodom. 6. Sarimsoq. 7. Petrushka. 8. Sut. 9. Funduk yong'og'i 10. Soya . Xususan, ushbu
holatda losos va sardina baliqlarini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Sut va sutli mahsulotlar:
tvorog, qatiq, qaymoq, Sitrus mevalar: apelsin, limon. Mavsumiy meva-sabzavotlar: karam,
rezavor mevalarda Ca ni miqdori ko'p hisoblanadi. Xulosa o'rnida shuni takidlash kerakki:
Kattalar tarkibida kalsiy moddasi mavjud mahsulotlar qancha yog'li bo'lsa, ulardagi kalsiy
miqdori ham shuncha kam bo'lishini bilib qo'yganlari ma'qul. Kundalikozuqa tarkibida
albatta sut mahsulotlari, mevalar,sabzovotlarni bo'lishi kerak. Siz o'zingiz yoki oila
a'zolaringizdan biron kishida Ca yetishmovchiligini sezsangiz, albatta shifokor maslahati
bilan kerakli ko'rsatmasi bo'yicha ish olib boring. Hech qachon o'zingiz bilgancha Ca ni
miqdorini ko'paytirishga harakat qilmang, chunki organizmga kirgan ortiqcha kalsiy ham
insonga zararli ta'sir etishi mumkin.