Международный
научный
журнал
№
5
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Январь
, 202
3
1214
INSON TANASI UCHUN KALSIY ELEMENTINING AHAMIYATI
Abduvahobova Surayyo
Farg'ona Davlat Universiteti Biologiya yo'nalishi
3 - kurs talabasi
G'ulomova Robiya
Farg'ona Davlat Universiteti
Biologiya yo'nalishi 3 - kurs talabasi
Annotatsiya
: Ushbu tezisda inson organizmida kalsiyning ahamiyati, kamayishi, uning
miqdorini ko'paytirish, inson tanasidagi Ca ni foydali jihatlari, iste'mol qilinadigan
mahsulotlardagi kalsiy haqida kerakli ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:
Biogen elementlar, makroelementlar, pishloq, tuxum pochog'i, bodom,
talvasa, xotira pasayishi.
Yer yuzidagi tirik organizmlar tanasining tarkibiy
qismiga Mendeleyev davriy
jadvalidagi 70 ga yaqin elementlar kiradi. Ular biogen elementlar deyiladi. Ular
organizmdagi miqdoriga ko'ra 2 guruhga bo'linadi. 1- guruh : mikro (juda oz
miqdordagi)elementlar, 2-guruh: makro(nisbatan ko'proq miqdordagi) elementlar. Biogen
elementlar organizm hayoti uchun juda muhim vazifalarni bajaradi. Makroelementlardan
biri kalsiy (Ca) haqida, uning inson organizmi uchun nechog'lik
ahamiyatga ega ekanligi
haqida ma'lumot berab o'tamiz. Inson tanasida Ca suyaklarni normal rivojlanishi, xotiraning
yaxshi bo'lishligi, tirnoq va sochlarni baquvvat holda bo'lishi, tomirlar qisqarishi va
kengayishi,
nerv
impulslarini
o'tkazilishi,
mushaklar
qisqarishi,
gormonlar
sekretsiya(ajralishi)si, bolalarda o'sish va rivojlanishini yaxshi bo'lishligini ta'minlaydi. Agar
Ca yetishmasligining belgilaridan xabardor bo'lsak uning tanamizga qanchalik darajada
kerakligini bilib olamiz. Ca ni organizmda kamayishining belgilari: Tirnoq, sochlar sinuvchan
bo'ladi, Suyaklarda lat yeyish holati ko'p kuzatiladi, Xotira pasayadi, parishonxotir bo'lishi,
Gallyutsinatsiyalar (ko'zga xar xil narsalarning ko'rinishligi, Tomirlar tortishi, Tez charchash,
Muddatidan
avvalroq soch oqarishi, Umurtqa pog'onasida: bo'yin va beldagi og'riqlar
Bolalarda Ca ni yetishmasligi belgilari Bolalarda sut tishlarning chiqishi kechikadi, Juda ko'p
terlash, ayniqsa boshning tepa qismida; Boshning yostiqqa ko'p tegib turadigan qismidagi
sohalarida soch to'kilishi; Tremor (tirishish) holati - yig'laganda iyak sohasi; Baland
shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig'lash. Umurtqalarda
patologik qiyshiqliklar va
egriliklar kelib chiqadi, suyaklar sinuvchanligi oshishi, tirnoqlarning ko'chib
tushishi, og'iz
burchagida yorilishlar anemiyalar bo'g'imlarning deformatsiyalari ko'zga tashlanadi, Tez
asabiylashadigan bo'lib qoladi, Qonning yaxshi ivimasligi, Bolalarda Sudorgi (talvasa)
holatlari kuzatiladi. Tibbiyot xodimlari fikriga ko'ra, inson kuniga 1 000
mg kalsiy qabul
qilishi kerak, 60 yoshdan oshgan keksalar esa - kuniga 1 200 mg. Biroq bu moddani qabul
qilish va o'zlashtirish bir xil ish emas. Kalsiy metabolizmi boshqa oziq moddalari ishtirokida