Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishida ison hayotida kasbning o’rni ,kasb tanlashda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi,kasb tanlashda qanday qoidalarga va mezonlarga amal qilish muhim ekanligi yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Kasb , psixologiya , sivilizatsiya , kasb psixologiyasi , kasbga qiziqish. Insoniyat paydo bo‘libdiki u har doim o‘zini boqishga, ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq – ovqat, boshpana, kiyim – kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Bular eng avvalo shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilishlarni paydo qilgan. Jamiyat rivojlana borgan sari yangi kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi yashashga intilganlar. Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlarni to‘plaganlar.
Kurs ishining vazifasi.Kasb — (lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanad. Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik kasbida xirurg , oftalmolog , dermatolog va boshqa). Kasb, odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Muayyan kasbni tanlash sabablari Ko'rinib turibdiki, professional ta'rifga faqat manfaatlar ta'sir qiladi. Nima uchun inson u yoki bu kasbni tanlaydi? Aslida, tanlash uchun ko'plab omillar mavjud:
• nufuz, moda 60-yillarda hamma kosmonavt, 90-yillarda esa huquqshunos va iqtisodchi boʻlishni xohlardi. Endi poydevorda IT-mutaxassislari, top-menejerlar, yuqori lavozimli amaldorlar turibdi. Ammo siz faqat ushbu mezonlarga amal qilmasligingiz kerak: moda o'zgarmoqda, obro'-e'tibor ketmoqda va ehtimol bu o'rta maktabni tugatmasdan oldin sodir bo'ladi.