Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə109/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ko`prik- toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun quriladigan muhandislik inshooti. Vazifasiga koʻra, koʻprikning avtomobil, temir yoʻl va piyodalarga moʻljallangan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich, joylashish oʻrniga koʻra, shahar koʻpriklari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan ko`priklarga bo`linadi. Ko`prik qurilishida yogʻoch, tosh, metall, temir-beton kabi materiallar ishlatiladi. Hozirda ko`priklarning bir necha yig`ma, osma, doimiy, suzuvchi kabi turlari bor. Yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. Koʻprik-kanal va koʻprik-uylar ham boʻladi. Bular koʻprik vazifasini oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini ham oʻtaydi. Ilgari Koʻpriklar, koʻpincha, yogʻoch va harsang toshlardan qurilgan. Qadimgi yogʻoch koʻpriklar saqlanib qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli xarsang Koʻpriklar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada yogʻoch va tosh koʻpriklar boʻlgan. Katta daryolardan oʻtishda suzuvchi koʻprikdan foydalanilgan. Choʻyan Koʻpriklar Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada (1784), osma (zanjirli) Koʻprik Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan. 20-asr boshlariga kelib koʻprik qurishda temir-betondan asosiy material sifatida foydalanila boshlandi.
Ko`rgazma-
Ko`rsichqon-(Ellobius) - kemiruvchilar turkumiga mansub hayvon. Tanasi g`o`lasimon, uzunligi 13 sm gacha, dumi 0,5—2,2 sm ga yetadi. Ko`rsichqon Yevrosiyoning cho`l va dashtlarida tarqalgan, tog`larda 4000 m gacha balandlikda uchraydi. Tuzilishi yer ostida yashashga moslashgan. Juni yumshoq va silliq. Boshi katta, quloq suprasi yo`q, ko`zi juda kichkiva va jun bilan qoplangan. Kurak tishlari og`zidan chiqib turadi (yer kazishga moslashgan). Panjalari qisqa va baquvvat. Uning uyasi uzun, murakkab va chuqur, asosiy yo`li 100 m cha, undan har tomonga uzunligi 20-50 m li qo`shimcha yo`llar ketadi. Cho`l ko`rsichqonining yozda faoliyati ancha pasayib, yerni kovlashdan to`xtaydi. Ko`rsichqon o`simliklarning yer osti qismi bilan oziqlanadi. Qishga oziq g`amlaydi. Yiliga ikki marta 3-5 tadan bolalaydi. Bitta uyada 10-15 tasi birga yashaydi. O`simlik ildizini qirqib, qishloq xo`jaligiga ziyon keltiradi. O`zbekistonda oddiy ko`rsichqon (Ellobius talpinus) tarqalgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin