Rudali foydali qazilma- Rux-(lotincha Zincum), Zn — Mendeleyev davriy jadvaliga kiruvchi metal.Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir. Rux dastlab Hindistonda topilgan. Ruxdan sanoatda metallarni yemirilishidan, tibbiyotda dori sifatida foydalaniladi. Rossiya, Avstraliya, Qozogʻiston kabi davlatlarda katta rux konlari mavjud. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar qurulish materiali sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.
Sabzavot- o`tsimon o`simlik bo`lib, uning biror sersuv qismi, masalan, sabzi, turp, sholg`onning ildizmevasi; karam va salat barglari: gulkaramning g`unchasi; pomidor, bodring, baqlajonning mevasi yangiligida yoki qayta ishlangan holda iste`mol qilinadi. Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar. Sabzavot odam sog`lig`I uchun juda foydali. Bundan tashqari sabzavotlar kasalliklarga ham davo.
Sabzi- sabzavot ekini. Sabzi ildizmeva hosil qiladi. Sabzi 1-yili barg chiqarib, ildizmeva beradi, 2-yili gulpoya chiqarib urug` beradi. Sabzi namsevar (ayniqsa, unish, gullash va ildiz-meva tugish davrida), yorug`sevar, sovuqqa chidamli o`simlik. 80—110 kun yetilib, ildizmeva hosil qiladi. Ildizmevasi juda sersuv, naviga qarab dumaloqroq, silindrsimon, rangi sariq, oq va ba`zan qizg`ish, och qizil, uzunligi 8—17 sm, vazni 30—200 gr va undan ortiq. O`suv davrida o`toq qilinadi, yaganalanadi, qator orasi yumshatiladi, oziklantiriladi, 7—12 marta sug`oriladi. Sabzi yalpi kavlab olinadi.
Sabzovot- o`tsimon o`simlik bo`lib, uning biror sersuv qismi, masalan, sabzi, turp, sholg`onning ildizmevasi; karam va salat barglari: gulkaramning g`unchasi; pomidor, bodring, baqlajonning mevasi yangiligida yoki qayta ishlangan holda iste`mol qilinadi. Odamlar sabzavotni ovqatga juda qadimdan ishlatib keladilar. Sabzavot odam sog`lig`I uchun juda foydali. Bundan tashqari sabzavotlar kasalliklarga ham davo.