Sachratqi- begona o`t sifatida hamma joyda uchraydi. Ildiz va bargini salat sifatida ishlatish uchun alohida ekiladi. Ildizidan tayyorlangan mahsulot tabiiy kofega hamda meva chioyiga qo`shib ishlatiladi. Salat tayyorlash uchun uning serbarg turi ekiladi. Bu tur yovvoyi holda uchramaydi.
Safsan xurmo- hozirda kamayib borayotgan o`simlik. Bo`yi 15-20 m ga yetadigan qo`ng`ir va qora po`stloqli daraxt. Barglari mustahkam, qayishsimon, cho`ziq, uzunligi 15 sm. Gullari sarg`ish-qizil, qo`ng`iroqsimon bo`ladi. Safsan xurmoning mevasi etli, rezavor, sharsimon, avvaliga qizg`ish, keyinchalik qo`ng`ir- qoramtir rangda bo`ladi. May-iyunda gullab, oktabr-noyabrda mevasi pishadi. Safsan xurmo Hisor tizmasi(Topolo va Sangardak daryolari havzalari, Qo`shtut, Tamshush, Xondiza qishloqlari)da tarqalgan (Surxondaryo viloyati). Tojikiston, Kavkaz, Eron, Xitoy va Yaponiyada ham o`sadi. Safsan xurmo tog`ning pastki va o`rta qismlaridagi daralarning shag`alli yonbag`irlarida, buloqlarning bo`ylarida o`sadi. Urug`idan va ildizbachkisidan ko`payadi. U xo`jalik maqsadlari uchun yerlarning o`zlashtirilishi, qurilish hamda o`tin uchun ishlatilganlishi tufayli kamayib ketmoqda. O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan.
Saksovul-(Haloxylon) — shoʻradoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Boʻyi 1,5–12 m, tanasining diametri 1 m gacha boradi. Guli mayda, ikki jinsli, qaramaqarshi, tangachasimon, guloldi qoʻltigʻida bittadan oʻrnashgan. Barglari uchli, rivojlanmagan, tangachasimon, gul xreil qiluvchi novdachalari qari shoxlardan oʻsib chiqadi. Saksovulning yashil novdalari organik modda toʻplashga xizmat qiladi. Bir yillik yosh novdalarining koʻp qismi kuzda, ayniqsa, sovuq tushishi bilan toʻkilib ketadi, ozroq qismi esa yogʻochga aylanib saqlanib qoladi. Alreldan gullay boshlaydi, oktabrda urugʻlaydi. Osiyo (Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Mongoliya)da 10 turi uchraydi. Oʻzbekistonning Qizilqum choʻllarida oʻrmonlarni hosil qiluvchi asosiy turlar — oq va qora saksovuldir. Saksavul o`rmonlari katta xo`jalik ahamiyatiga ega. Qora saksovul katta daraxtzorlar hosil qiladi. Uning yog`ochi qattiq va mo`rt bo`lib, yoqish uchun ishlatiladi.
Salomalaykum- ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Uning ildizpoyalarida juda ko`p tugulaklari bo`ladi. Bo`yi 20 – 70 sm, poyasi uch qirrali, barglari yassi, to`pguli soyabonsimon bo`ladi. Iyun – sentabr oylarida gullab, meva tugadi. U sug`oriladigan yerlarda o`sadigan eng zararli begona o`t bo`lib, ko`proq chopiq qilinadigan ekinlar ichida, shuningdek, ariq va daryo bo`yida o`sadi. Salomalaykum juda tez o`suvchi va ko`payuvchi o`simlik.
Salor kanali- Toshkent viloyatidagi kanal. Qibray tumani hududida Boʻzsuv kanalidan suv oladi. Salorning bosh qismi Salor GESning quyi chiqarish oʻzanida joylashgan. Toshkent shahri hududidan oʻtadi. Zangiota tumanining janubidan oʻtib, Yangiyoʻl tumanida tugaydi. Umumiy uzunligi 60 km. Kanalning kengligi 10– 15 m, chuqurligi 1–2 m. Kanaldan Dam va Polvon kanallari suv oladi. Toshkent shahrining bir nechta sanoat korxonalari, jumladan, Toshkent issiqlik elektr markazining suv taʼminoati uchun foydalaniladi. S. qadimda Boʻzsuvning chap sohilidan, hozirgi Salor GESning quyirogʻidan qazilgan. Salorga Boʻrjar, Qorasuv oqovalari ham kelib qoʻshilgan. Natijada Salorning suvi birmuncha koʻpayib, undan Kurkuldak va Niyozboshi ariqlari chiqarilgan. Soʻnggi yillarda kanal oʻzanining aksariyati taʼmirlanib, ayrim qismlari qayta qurilmoqda. Kanalning Toshkent shahrida Pushkin koʻchasi bilan temir yoʻl bekati koʻprigigacha boʻlgan qismi toʻliq qayta taʼmirlandi, obodonlashtirildi va istirohat bogʻlari tashkil etiddi. Kanalning suv oʻtkazish qobiliyatini oshirish, oʻzanini betonlash ishlari olib borilmoqda. Salor suvi bilan Zangiota va Yangiyoʻl tumanlarida 3,5 ming gektar yer sugʻoriladi.