Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə206/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Shar-
Sharq chinori-(Platanus orientalis) kamyob chinor turi bo`lib, chinordoshlar oilasiga kiradi. Bo`yining uzunligi 30 m ga yetadi, keng shox-shabbbali daraxt. Bargi panjasimon qirqilgan, 5-7 bo`lakli, eni 12-18 sm bo`ladi. Gullari bir jinsli bo`lib, sharsimon to`pgulga yig`ilgan. Mevali kallakchasi 2-7 tadan, diametric 2-5 sm atrofida. Mevasi yog`ochsimon, tumshuqchali, yopiq qalin tuklar bilan qoplangan. Aprel oyida gullab, mevasi avgust- sentabrda yetiladi. Sharq chinori O`zbekistonda Hisor tzmasida, Sangardak, To`polon, Qashqadaryo, Obizarang daryolarining havzalarida tarqalgan (Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari). Bundan tashqari, O`rtayer dengizida, Bolqon yarim orolidan Himolaygacha tarqalgan. U asosan, tog`larning o`rta qismida, daryo bo`ylarida, buloq atroflarida, toshloqlarda o`sadi. Odatda, yakka-yakka, ba`zan kichik chinorzorlar tashkil qiladi. Urug`idan va vegetative yo`l bilan ko`payadi (ildiz va bachkisidan). Uning turli ehtiyojlar uchun ko`plab kesilishi natijasida soni qisqarib bormoqda. Sharq chinori qadimdan manzarali daraxt sifatida barcha sug`oriladigan yerlarda ekib kelinadi. O`zbekiston respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Sharq- sharq nuqtasi — ufq (dunyo tomonlari)ning toʻrt asosiy nuqtasidan biri, shimolga qarab turgan kuzatuvchining oʻng tomonida bo`ladi. Oʻzbek tilidagi xaritalarda Shq, nemischa O (Ost) yoki inglizcha E(East) harfi bilan belgilanadi. Tengkunlik paytida Quyosh Sharq nuqtasiga yaqin yerdan chiqadi. Osmon sferasida Sharq nuqtasi haqiqiy ufq (gorizont) bilan osmon ekvatori kesishadigan ikkita nuqtaning biridir.
Sharq- sharq nuqtasi — ufq (dunyo tomonlari)ning toʻrt asosiy nuqtasidan biri, shimolga qarab turgan kuzatuvchining oʻng tomonida bo`ladi. Oʻzbek tilidagi xaritalarda Shq, nemischa O (Ost) yoki inglizcha E(East) harfi bilan belgilanadi. Tengkunlik paytida Quyosh Sharq nuqtasiga yaqin yerdan chiqadi. Osmon sferasida Sharq nuqtasi haqiqiy ufq (gorizont) bilan osmon ekvatori kesishadigan ikkita nuqtaning biridir.
Sharshara- daryo o`znining jarlik ko`rinishida keskin pasayishidan hosil bo`ladi. Daryo yumshoq va qattiq jinslardan tuzilgan joylardan oqib o`tganda yumshoq jinslar tezroq yuviladi, qattiq jinslar jarlik hosil qiladi, natijada jarliklar vujudga keladi. Afrikadagi Zambezi daryosida ulkan Viktoriya sharsharasi bor. Uni ingliz sayyohi David Livingston1855-yida kashf etgan. Bu sharsharaning eni 1800 m, balandligi 120 m. Yosemit sharsharasi, Niagara sharsharasi, Anhel sharsharasi kabilar dunyodagi eng yirik sharsharalardir. O`zbekistonning tog` daryolarida ham sharshara ko`p. Surxondaryo viloyatida Sangardak, Zevar, Kshtut, Xonjiza, Avlod sharsharalari bor. Ularning balandligi 100-120 metr. Qashqadaryo viloyatida ham sharshara ko`p. Farg`ona vodiysining shimolida Podshoobod daryosidagi, Arslonbop sharsharai juda mashhur.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin