Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə202/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Sayohat-
Sayroqi qush-(Oscines) -chumchuqsimonlar kenja turkumiga mansub qushlar. 40 ga yaqin oilasi bor. Oilalar bir-biridan faqat tashqi tuzilishi bilan farq qiladi. Sayroqi qushlar kekirdagi pastki qismida joylashgan ovoz paylari oʻziga xos murakkab tuzilganidan jarangdor sayrash xususiyatiga ega (bulbul, qorayaloklar, kanareykalar va boshqalar). Sayroqi qushlarning , asosan, nari, baʼzan modasi oʻz juftini jalb qilish, xavfdan ogohlantirish uchun sayraydi. Oʻzbekistonda 30 ga yaqin turi uchraydi.
Sayyora orbitasi-
Sayyora- Quyoshning tortish kuchi taʼsirida uning atrofida aylanuvchi yirik sharsimon jismlar. Sayyoralar Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyora (asteroid) lardan farq qiladi. Ularni juda qadimdan qoʻzgʻalmas yulduzlar fonida siljib yurishidan sezib "adashgan yulduzlar", yaʼni sayyora deb atashgan. Quyosh atrofida aylanuvchi yirik sayyoralar 9 ta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ulardan 5 tasini oddiy ("qurollanmagan") koʻz bilan koʻrish mumkin. Qadimda barcha sayyoralar va Quyosh Yer atrofida aylanadi deb notoʻgʻri talqin qilingan. 16-asr boshlarida polyak astronomi N. Kopernik sayyoraning Quyosh atrofida aylanish tartibini aniqladi. Italyan olimi G. Galiley oʻzi yasagan teleskopda sayyoralarni kuzatib, ular sharsimon jismlar ekanligini aniqladi. U Venerani ham xuddi Oy kabi turli fazalarda koʻrinishini kuzatib, sayyoralar oʻzidan nur chiqarmasligini, balki Quyosh nurlarini qaytarishi hisobiga yulduzlarga oʻxshab ravshan koʻrinishini aniqladi. Teleskop ixtiro qilingach, Quyosh sistemasida yana 3 ta yirik sayyora topildi: 1781-yilda ingliz astronomi V. Gershel Uranni, 1846-yil fransuz astronomi U. Leverye hamda ingliz astronomi J. Adams Neptunni va 1930-yilda amerikalik astronom Tombo Plutonni kashf etdi. Sayyoralar Yer tipidagi sayyora va gigant sayyoralarga boʻlinadi: Yer tipidagi sayyoralarga Merkuriy, Venera, Yer, Mars, gigant sayyoralarga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Pluton yaxshi oʻrganilmaganligi uchun qaysi tipdagiga mansubligi hali aniq belgilanmagan.
Sazan baliq-karpsimonlar oilasiga kiruvchi baliq. Sazanlar tanasining keng va yo`g`onligi, tangachalarining yirik va zichligi, ustki suzgich qanotining uzunligi va qizg`ish tusda tovlanishi bilan ajralib turadi. O`zbekistonda uni zog`ora baliq ham deyishadi. Bo`yi 1 metrgacha boradi. O`g`irligi 16 kg gacha va undan ham ortiq bo`ladi. Sazan Orta yer dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi, Kaspiy dengizi va Orol dengizining chuchuk suvli havzalarida, Issiqko`lda va Tinch okeaniga quyiladigan daryolarda yashaydi, ariqlarda, sholi poyalariad, ba`zan daryolarning o`zanida ham hayot kechiradi. Sazan mollyuskalar, hasharotlarning lichinkalari, chuvalchanglar, suv o`simliklari bilan oziqlanadi. Suv o`simliklariga yoki quruqlikdagi o`simliklarning suvga botib turgan qismlariga tuxum qo`yadi.
Sebarga-(Trifolum pratense) dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi o`simlik. Uning poyasi inichka, tik o`sadi, tukli, bo`yi 50 sm ga yetadigan o`simlikdir. Bargi uzun bandli, bargchalarining uzunligi 1,5-3 sm, teskari tuxumsimon yoki cho`zinchoq shaklda bo`ladi. Top`gul hosil qilib gullaydi.gullari qizil-pushti rangda bo`lib, poya novdalarning uch qismida joylashadi.sebarga aprel-sentabr oylarida gullaydi va urug`I iyun-oktabr oyida pishadi. U respublikaning barcha ekin maydonlari, ariq bo`ylarida, daryo sohillarida va zax yerlarda, tog` oldi qismlarida o`sadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin