Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə201/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Sassipopishak-
Sassiqqavron-
Saturn- Quyosh sistemasidagi 8 ta katta sayyoralardan biri. Quyoshdan uzoqligi bo`yicha oltinchi sayyora. Kattaligi jihatidan Yupitertn keyin 2o`rinda. Saturn Quyosh atrofini o`z orbitasi bo`ylab 29 yil 167 kunda bir marta to`la aylanib chiqadi. Uning o`z o`qi atrofidagi aylanish davri ekvatorida 10 soat 14,5 min. bo`lsa, qutblariga tomon Yupiterdagi singari ortib boradi. U, asosan, vodorod va geliydan iborat. Saturnni ilk bor Galiley 1610 yilda kashf etgan. Saturnning ajoyibotligi atrofidagi halqasidir. Saturn 22 ta tabiiy yo`ldoshga ega. Ulardan eng kattalari: Mimas, Enselad, Tefiya, Diona, Reya, Titan, Giperion, Yapet, Feba, Yanus. Titan massasi va kattaligi (4850 km) jihatidan Quyosh sistemasidagi ulkan (u Oydan ham katta) yo`ddosh hisoblanadi. Titan metan va vodoroddan tashkil topgan atmosferaga ega.
Savanna-
Savay kanali-Farg`ona vodiysidagi davlatlararo kanal. 1930-yil Savoy dashtini o`zlashtirish uchun Kampirravot gidrouzelidan Oqbo`ra daryosigacha qazilgan. 1932-1933-yillarda keyingi navbati qurilgan. Kanalning uzunligi 53 km. Shundan 30 km dan ortiqrog`i Qirg`izistonning O`sh viloyati hududida, qolgan qismi Andijon viloyati hududidan o`tadi. Savoy kanali suvi bilan Andijon viloyatining Qo`rg`ontepa va Xo`jaobod tumanlarida 15,2 ming gektar, O`sh viloyatida 3,7 ming gektar yer sug`oriladi. Kanadsa sel suvlari uchun tashlamalar qurilgan.
Sayg`oq-(oqquyruq ham deyiladi) (Saiga tatarica) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon. Erkagi gavdasining uzunligi 110—140 sm gacha, boʻyi 80 sm, ogʻirligi 40 kg gacha keladi. Urgʻochisi erkagidan kichik. Shoxi och sariq, uzunligi 40 sm gacha. Urgʻochisi shoxsiz bo`ladi. Sayg`oq Mongoliya, Gʻarbiy Xitoyning chala choʻllarida, Qozogʻiston, Qalmiq choʻllari va Quyi Volga, Oʻrta Osiyoning shimolida tarqalgan. Ular katta-katta poda boʻlib yashaydi, harakatchan,. 70– 80 km/soat tezlikda yuguradi. U oʻtlar bilan oziklanadi, qishda janub tomonga qarab koʻchadi. Sayg`oq qor qalin tushganda koʻplab halok boʻladi. Sayg`oq ko`pincha ikkita bola tug`adi. Ular Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 20-asrning boshlarida sayg`oqning soni keskin kamayib ketganligidan 1919 -yildan boshlab ovlash man etilgan. 1954-yildan litsenziya boʻyicha ovlashga ruxsat etilgan. Mavsumiy ovlanadi. Oʻzbekistonda Saygʻoqli davlat buyurtma hududida koʻpaytirilmoqda.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin