Shimoliy Farg`ona kanali-Farg`ona vodiysidagi kanal. Uchqo`rg`on shahri yaqinida Norin daryosidagi Uchqo`rg`on to`g`onidan boshlanib, Tojikiston Respublikasining Sug`d viloyati (Asht tumani)da tugaydi. Kanal 1940-yilda eski kanallar - Yangiariq (1820), Rozenbax (1890), Anhor (1938) kanallari o`rnida xalq hashari yo`li bilan qurildi. Kanalning uzunligi 162,5 km (O`zbekiston hududida 144 km, Tojikistonda 18,5 km). kanal suvi bilan Namangan viloyati Chust va Pop tumanlari (71,5 ming gektar) va Tojikistonning Asht tumanidagi (45,8 ming gektar) yerlar sug`oradi. Shimolida adir etaklaridan Namangan shahrini aylanib o`tadi. Bu yerda kanal (9 km) chuqur o`yiq va ko`tarmalar orasidan o`tadi. 91,6-km da kanal ko`pgina yirik va mayda soylar (G`ovasoy, Japarsoy, Olmossoy, Kosonsoy, Sumsarsoy) ni kesib o`tadi, so`ng tog` oldi tekisligidan oqadi.
Shimoliy kanal- Shimoliy Muz okeani- (avvalgi nomlari: Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi) — Dunyo okeanining bir qismi, Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirgʻoqlari oraligʻida joylashgan. Shimoliy Muz okeani boʻgʻozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. Maydoni boʻyicha okeanlar orasida eng kichigi, 14,75 mln kv.km. Oʻrtacha chuqurligi 1220 m, eng chuqur joyi 5527 m (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismida). Shimoliy Muz okeani orollari soni boʻyicha Tinch okeandan keyin 2-oʻrinni egallaydi. Shimoliy Muz okeani tubi geologik tuzilishiga koʻra 3 qismga: okeanning eng chuqur qismini oʻz ichiga olgan Arktika havzasi, Shimoliy Yevropa havzasi (Grenlandiya, Norvegiya, Barens va Oq dengizlar) va okean hududining 1/3 qismini egallagan materik sayozligida joylashgan dengizlarga (Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir, Chukotka, Bofort, Baffin) boʻlinadi. Shimoliy Muz okeani boshqa okeanlarga nisbatan sayoz. Materik sayozligi juda keng , okean tubi maydonining 50,3% ni egallaydi. Shimoliy Muz okeanining yuqori kengliklarda joylashganligi, doimiy muz qoplami, Atlantika va Tinch okeanlardan havo va suv massalarining kirib kelishi uning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy qismida -28° dan -30° gacha, Atlantika boʻyida -16° dan -18° gacha bo`ladi. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo harorati -10° dan -12° gacha, gʻarbiy chekka qismida qisqa muddat 6—8° gacha koʻtariladi. Bulutli kun koʻp boʻladi. Yogʻin, asosan, qor shaklida yogʻadi.
Shimoliy qutb- Yer aylanishi faraziy oʻqining yer yuzasi bilan kesishadigan Shim. yarim shardagi nuqtasi. Shim. Muz okeanining chuq. 4000 m li markaziy qismida joylashgan. Shimoliy qutb atrofida yil davomida koʻp yillik muzlar suzib yuradi. Qishda oʻrtacha havo temperaturasi —40°, yoz oylarida 0°, ayrim kunlarda 1 — 2° gacha koʻtariladi. Qutb kuni 186 sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi (yana q. Geografik qutblar).
Shimoly qutb- Yer aylanishi faraziy oʻqining yer yuzasi bilan kesishadigan shimoliy yarim shardagi nuqtasi. Shimoliy Muz okeanining chuqur 4000 m li markaziy qismida joylashgan. Shimoliy qutb atrofida yil davomida koʻp yillik muzlar suzib yuradi. Qishda oʻrtacha havo harorati -40, yoz oylarida 0, ayrim kunlarda -1, -2 gacha koʻtariladi. Qutb kuni 186 sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi.