Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə212/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Shohimardon daryosi-
Shokolad-
Sholg`om- ikki yillik ildizmevali sabzavot o`simligi. Ildizmevasining rangi, asosa, oq, sariq, ba`zan qizilrangda, meva eti esa oq, sariq, pushti ranglarda bo`ladi. Sholg`om birinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi, ikkinchi yili esa poya va urug` hosil qiladi. U sovuqqa chidamli o`simlik bo`lib, barcha joyda o`saveradi. Yurtimizda uning uncha yirik bo`lmagan yassi-yapaloq, oq Namangan sholg`omi hamda unga yaqin turdagi qizil rangli Samarqand sholg`omi ekiladi.
Sholi- qadimdan ekib kelinayotgan bir yillik madaniy donli o`simlik. Sholi Xitoy, Hindiston, Yaponiya kabi mamlakatlarda ko`p ekiladi. Sholi hosilidan olinadigan guruch dunyoda asosiy oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Sholi poyasi qog`oz ishlab chiqarishda qimmatli xomashyo hisoblanadi. Undan juda yupqa va pishiq qog`oz hamda yuqori sifatli qatron ishlab chiqariladi, sumkalar va yozgi shlyapalar to`qiladi. Sholi issiqsevar, yorug`liksevar va namga talabchan bo`ladi. Eng tezpishar sholi 35 – 110 kunda, kechpishari esa 135 – 150 kunda pishib yetiladi.
Shox-shabba- daraxtlarning tanasidan chiqqan oʻsimtasi.
Shoyi- ipak mato. 19-20-asr o`rtalarida O`rta Osiyoda barcha ipakchilik rivojlangan yirik markaz (Farg`ona, Buxoro va boshqalar)larda ishlab chiqarilgan. Eni 33-35 sm, 20-asr 30-yillaridan 50-54 sm ga kengaygan. Shahrining gulsiz sidirg`a va gulli (abr gulli), yo`l-yo`l, katak gulli xillari maʼlum. Turli ipakchilik markazlarining shoyilari qalin-yupqaligi, gullari, rangi bilan farqlanadi. Farg`ona shoyisi yupqa va pishiqligi, yumshoq va mayinligi bilan boshqa shoyilardan ajralib turadi. Gullari to`lqinsimon yoki uslublashtirilgan novda, gul shaklida, rangi binafsha, sariq, feruza, kulrang bo`ladi. Buxoro shoyisi qalin to`qilgan, iplari zichligi tufayli qattiq, g`ijimlanmaydigan hamda suv o`tkazmaydigan bo`ladi. Gullari katta doira, tuxumsimon shakllarda, ikki chetlari qator yo`llar, 8 yoki to`lqinsimon chiziqlar bilan hoshiyalangan. Rangi ko`proq qizil va sariq, oq, nafarmon, och nastarin, feruza ranglar.
Shoyigul- ko`p yillik o`simlik. Uning poyasi shoxlanmasdan 0.5 m dan 2 m gacha tikka o`sadi. Shoyigulning barglari juda yirik, yumaloqroq shaklda bo`ladi. Gullari ham yirik bo`lib, qizil, to`q yoki sariq ranglarda bo`ladi. Shoyigul bahorda sovuq tugagandan keyin gulzorlarda manzarali o`simlik sifatida ekiladi. Uning gullaridan guldastalar yasaladi. Shoyigulning kuzda ildizpoyasi qazib olinadi va salqin joyda saqlanadi.
Shudgor- kuzgi va bahorgi bug`doy ekish uchun ajratilgan almashtirib ekish dalasi. Bunday dala haydalgandan keyin ekulgunga qadar bir necha muddat hech narsa ekilmasdan, tuproqlari yumshatilgan va begona o`tlardan tozalangan holda saqlanadi. Natijada, bunday shudgor tuprog`ida o`simlik uchun kerakli nam va oziq moddalar to`planadi. Haydash muddatiga qarab toza shudgor, ekilgan shudgor o`zaro farq qiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin