Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə214/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Sibir tog` echkisi-(Capra sibirica) Turkiston va Chotqol tizmalarida uchraydigan tur. Erkagida orqasiga qayrilgan katta-katta qilichsimon shoxlari bo`ladi. Erkagining og`irligi 120 kg gacha boradi. Urg`ochisi sal kichikroq bo`ladi. Ularning shoxi ham sal qayrilgan bo`lib, kaltaroq. Yozgi juni qo`ng`irnamo-jigarrang, ikki yon tomoni sal oqishroq bo`ladi. Ba`zilarining qorni oq bo`ladi. Rangi yoshi ulgaygan sari o`zgarib boradi. Taog` echkisi tik qoyatoshlarda yuradi. Qish oylarida tog`larning pastroq qismiga tushadi. Ular tog`da o`suvchi o`tlar bilan oziqlanadi. Sibir tog` echkisi aprel-may oylarida 23 ta bolalaydi. Bolalari ikki shoxli bo`lgach voyaga yetadi.
Sichqon- (Mus) — sichqonsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar hayvon. Gavdasining uzunligi 12 sm gacha, dumi deyarli gavdasining uzunligiga teng . Yer yuzida juda keng tarqalgan, 25 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda uy sichqoni koʻp uchraydi. Uzunligi 7—11 sm, dumi 4—10 sm. Tanasining orqa tomonida yungi kulrang , mallarang yoki qum rangida, qorni esa ochiqroq tusda bo`ladi. Hozirda Yer yuzining barcha qismida uchraydi. Uy sichqoni xonadonlar, bogʻ, poliz, dala va boshqa joylarda tarqalqalgan, 30—40 sm chuqurlikda uya qazib yashaydi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlari, xususan, odam isteʼmol qiladigan mahsulotlar, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari donlari va boshqa bilan oziqlanadi. Uy sichqoni 2 oyda voyaga yetadi, 1 yilda 4—7 marta 5—8 tadan bolalaydi. 1,5—3 yil yashaydi. Sichqon odam va hayvonlarning bir qancha xavfli kasalliklari (oʻlat, tulyaremiya va boshqalar)ni tarqatadi.
Sichqon-(Mus) — sichqonsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar hayvon. Gavdasining uzunligi 12 sm gacha, dumi deyarli gavdasining uzunligiga teng . Yer yuzida juda keng tarqalgan, 25 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda uy sichqoni koʻp uchraydi. Uzunligi 7—11 sm, dumi 4—10 sm. Tanasining orqa tomonida yungi kulrang , mallarang yoki qum rangida, qorni esa ochiqroq tusda bo`ladi. Hozirda Yer yuzining barcha qismida uchraydi. Uy sichqoni xonadonlar, bogʻ, poliz, dala va boshqa joylarda tarqalqalgan, 30—40 sm chuqurlikda uya qazib yashaydi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlari, xususan, odam isteʼmol qiladigan mahsulotlar, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari donlari va boshqa bilan oziqlanadi. Uy sichqoni 2 oyda voyaga yetadi, 1 yilda 4—7 marta 5—8 tadan bolalaydi. 1,5—3 yil yashaydi. Sichqon odam va hayvonlarning bir qancha xavfli kasalliklari (oʻlat, tulyaremiya va boshqalar)ni tarqatadi.
Sigir- buzoqlagan urg`ochi qoramol. Urg`ochi buzoqlar zotiga va o`sishiga qarab 18—20 oyligida g`unajin bo`lib yetishadi. G`unajinlar tuqqanidan keyin sigirlar guruhiga kiritiladi. Sigirlar, asosan, sut va buzoq olish (podani to`ldirish) uchun boqiladi. Ularning sog`im davri 300— 305 kun. O`zbekistonda boqiladigan qizil cho`l, bushuyev, qoraola, shvits zotli sigirlar bir yilda 3000–6000 kg va undan ko`p sut beradi. Sigirlar o`rtacha 20 (ba`zan 35) yil yashaydi. Xo`jaliklarda sigirlardan 5—6, ayrim sermahsul, o`rtacha yillik sog`imi 9—12 ming kg bo`lgan rekordchilaridan 9—10 marta tug`ishiga qadar foydalaniladi.
Sigirquyruq-(Verbascum songoricum Schrenk) bo`yi 60-150 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Poyalarining, asosan yuqori qismi shoxlangan, pastki qismi bargsiz, poyasi baquvvat. Gullaridan turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Sigirquyruq O`zbekistonning tog` yon bag`irlaridan tog`ning o`rta qismigacha bo`lgan qiyaliklarda o`sadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin