Makorim ul-axloq



Yüklə 4,88 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü4,88 Kb.
#202879
Slayd slayd. (1)


Xondamirning "Makorim ul-axloq" asarida Navoiy shaxsiyati va ijtimoiy faoliyatiga doir qarashlar
Xondamirning “Makorim ul-axloq” asari Alisher Navoiyning sermahsul adabiy va ilmiy faoliyati bilan birgalikda uning mamlakat siyosiy barqarorligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ilm-fan, madaniyat, adabiyot va sanʼatning taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi toʻgʻrisida hikoya qiladi.
«Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli toʼliq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini oʼzaro solishtirish asosida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi.
Tarjimaning tadqiqot qismida Xondamirning hayoti va ijodi, asarning qoʼlyozma nusxalari va uning nashri toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berilgan.
«Makorim ul-axloq» buyuk shoir va olim Navoiyning yirik davlat va jamoat arbobi hamda ilm-fan va madaniyat homiysi sifatidagi shaxsiyatini bor boʼyi bilan koʼrsatib beradigan muhim manbadir.
Xondamir oʼzining debocha, muqaddima, oʼn maqsad (bob), xotima hamda Navoiyning qanday vafot etganligi toʼgʼrisidagi bobdan iborat boʼlgan ushbu asarida asosiy diqqat-eʼtiborni uning donishmandligi va yuksak zakovati, olimlik, shoirlik va yozuvchilik borasidagi isteʼdodlari hamda rahmdillik, saxiylik va xokisorlik kabi goʼzal xulqlari va olijanob xislatlariga qaratish bilan birgalikda, ushbu buyuk shaxs hayotida uning bolalik chogʼlaridan tortib umrining oxirigacha boʼlgan davrda yuz bergan muhim voqealarni ham imkoni boricha qamrab olishga harakat qilgan.
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) 1483-yilda yaratilgan edi. Doston 3988 baytdan iborat bo„lib, 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan. Shundan Kirish (muqaddima) 21 bobni o`z ichiga oladi.
Dostonning birinchi bobi Qur‟oni karimdagi bosh ilohiy jumla “Bismillohir rahmonir rahim” (“Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan boshlayman”)ning poetik sharhiga bag„ishlangan. Bu bob nafaqat “Hayrat ul-abror” uchun, balki umuman “Xamsa” uchun ham kirish vazifasini o`taydi, chunki keyingi dostonlarda biz bu ilohiy jumlani uchratmaymiz.
Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma'naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot beradi
Alisher Navoiy tarjimai holi va uning fazilatlari haqida maktab xrestomatiyalari va darsliklarida ham ko‘plab lavhalar keltirilgan, ilmiy ishlar yaratilgan. Bularning barchasiga Xondamirning «Makorim ul-axloq» kitobida keltirilgan materiallar ham asos bo‘lganligiga shubha yo‘q.
sher Navoiy tabiatan mehr va marhamatda, karam va saxovatda, kamtarlikda tengi yo‘q inson edi. Bu borada «Makorim ul-axloq»da qator hikoyatlar keltiriladi. Masalan, uning urushda asir tushgan kishilarga mar­hamati, Hirot xalqini Xorazm viloyatiga ko‘chirishni qisqartirishga erishishi, safarda chodiriga in qurgan qushning tuxum ochib, bolalarini uchirma qilguniga qadar chodirni qimirlatmasligi, kiyimiga ilashgan chumolini uyasiga olib borib qo‘yishi, yuksak lavozimga erishganda ham «o‘zini tufroq bilan teng tutish»ga doir o‘gitlari, amirlik lavozimiga tayin etilganda muhr bosish marosimida eng quyiga - undan pastga hech kim muhr bosolmaydigan joyga muhr bosishi, bularning barchasi uning insoniyligi namunasidir.
«Makorim ul-axloq»da buyuk alloma haqidagi latifa va mutoyibalar ham berilib, ularda Navoiyning naqadar zukko, hozirjavob va katta aql egasi, shu bilan birga, yuksak ma'naviyat sohibi ekanligi ko‘rinib turadi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 4,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin