Baholash ishi



Yüklə 60,8 Kb.
səhifə1/11
tarix08.06.2023
ölçüsü60,8 Kb.
#126996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BBI-50 Hojiyeva E\'zoza. Turar joy binosi hisobot


1-ilova

№___ ___ ___ 2021 y.


______________


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti


Baholash ishi va investitsiyalar”kafedrasi


BAHOLASH ISHI” TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV AMALIYOTI




H I S O B O T I


Bajardi: BBI-50guruh talabasi Hojiyeva E.
Rahbar: k.o’q. Shaislomova N.


Toshkent-2021

Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………………
Asosiy qism:
1.Amaliyot o`tash joyi va baholash faoliyati bilan tanishish…………………………
2.Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion komunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish……………………………………………………………………..
3.Mulkni baholashda qo’llaniladigan yondashuvlar xususiyatlari…………………..
Xulosa………………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………..


Kirish
Men Hojiyeva E’zoza Dilshod qizi 2021-yilning 24-mayidan 3-iyuliga qadar “Market Valuation” baholash kompaniyasida amaliyotimni o’tadim.
Amaliyot davomida men biriktirilgan amaliyot joyidagi rahbardan baholash faoliyati to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Jumladan, baholash jarayoni - bu baholanadigan obyekt qiymatining taxminiy qiymatini olish uchun ishlatiladigan bir qator bosqichlarni o'z ichiga olgan protseduralarning ma'lum bir ketma-ketligi. Baholash faoliyati – bu baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyati. Baholovchi tashkilot – baholash obyekti qiymatini baholash bo‘yicha baholash faoliyatini amalga oshiruvchi hamda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatuvchi, baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkiloti a’zosi bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lib, u haqidagi ma’lumotlar vakolatli organ veb-saytiga joylashtiriladi. Baholovchi – belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs bo‘lib, u haqidagi ma’lumotlar vakolatli organ veb-saytiga joylashtiriladi.Baholovchining malaka sertifikati – jismoniy shaxsning baholash faoliyati sohasidagi kasbiy malakasi va layoqati darajasini tasdiqlaydigan hujjat, agarda u baholovchi tashkilotning shtatida tursa yoki baholovchi tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkni baholashni amalga oshirish huquqini beradigan sertifikat.
Yagona Milliy Baholash Standarti O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda xalqaro baholash standartlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.1



Yüklə 60,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin