Baholash ishi


Amaliyot o’tash joyi va baholash faoliyati bilan tanishish



Yüklə 60,8 Kb.
səhifə2/11
tarix08.06.2023
ölçüsü60,8 Kb.
#126996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BBI-50 Hojiyeva E\'zoza. Turar joy binosi hisobot

1. Amaliyot o’tash joyi va baholash faoliyati bilan tanishish
“Market Valuation” MChJ - bu O'zbekiston Respublikasida professional baholash xizmatlari bozoridagi dinamik baholovchi kompaniyalardan biri.
“Market Valuation” professional baholash va moliyaviy maslahat xizmatlarini taqdim etadi.Mijozlar bilan ishlash individual yondashuvga va biznes yuritishning sanoat xususiyatlarini chuqur anglashga asoslangan. Kompaniyada k’char va kochmas mulkni baholash, asosiy vositalarni yagona baholash milliy standartlariga muvofiq qayta baholash kabi yo'nalishlarda tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar jamoasi ishlaydi.
Ushbu kompaniya 2017-yildan o’z faoliyatini boshlagan. Ushbu baholash kompaniyasida barcha loyihalar malaka sertifikatiga ega bo’lgan malakali xodimlar tomonidan tayyorlanadi.
Market Valuation” MChJ O’zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to’g’risida”gi qonuni va Yagona Milliy Baholash standartiga asosan ko’char va ko’chmas mulkni baholashni amalga oshiradi.
“Market Valuation” MCHJning bir qancha tegishli hujjatlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bu kompaniya 2017-yil 16-avgustda litsenziyaga ega bo’lgan ya’ni shu vaqtdan boshlab O’zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan bu kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasi hududida ko’char va ko’chmas mulkni baholash bo’yicha faoliyat olib borish huquqi berilgan.
Shuningdek , “Market Valuation” MCHJ 2017-yil 1-iyulda yuridik shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida guvohnomaga ega bo’lgan.
“Market Valuation” MCHJ hozirgi kunda APEX sug’urta kompaniyasi bilan 2021-yil 28-iyuldan 2022-yil 27-yanvargacha bo’lgan muddatda shartnomaga ega.
Market Valuation o'z mijozlari va sheriklari oldida turgan vazifalar uchun murakkab echimlarni taklif qilishga harakat qiladi. Shuning uchun Market Valuation doimiy ravishda o'z xizmat turlarini kengaytirmoqda.
Xarajatlar bo'yicha konsalting sohasidagi qo'shimcha xizmatlar qatoridan quyidagilarni ajratish mumkin - korporativ boshqaruv samaradorligini baholash, zargarlik buyumlari va bezak toshlari, qimmatbaho metallar, shuningdek, ulardan olinadigan mahsulotlar ekspertizasi va narxini baholash, texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish , loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish bo'yicha konsalting, qurilish loyihalarining texnik ekspertizasi, yuridik xizmatlar va tender savdolari. Ushbu xizmatlar muhim amaliy va ko'p yillik tajribaga ega xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xizmatlar:
“Market Valuation”MChJ quyidagi obyektlarni baholashni taklif qiladi:

  • Banklarni baholash;

  • Korxonalarni baholash;

  • Nomoddiy aktivlarni baholash;

  • Er uchastkalarini baholash;

  • Uskunalar va mexanizmlarni baholash;

  • Ko'chmas mulkni baholash;

  • Zargarlik buyumlarini baholash;

  • Transportni baholash;

  • Qo'shimcha xizmatlar;

O’zbekiston Respublikaining “Baholash faoliyati to’g’risida”gi Qonunining 10-moddasiga ko’ra baholash faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • ilg‘or xalqaro amaliyot asosida baholash faoliyatini va baholash xizmatlari bozorida halol raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • obyekt qiymatini baholashning roli, ahamiyatini hamda baholovchi tashkilotlarning ko‘rsatilayotgan baholash xizmatlari sifati uchun javobgarligini oshirish;

  • baholovchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

  • baholovchi tashkilotlar ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ishbilarmonlar hamjamiyatining baholovchi tashkilotlar ishi natijalariga bo‘lgan ishonchini saqlab turishga qaratilgan ta’sirchan tizimini shakllantirish;

  • mahalliy baholashni xorijiy baholash xizmatlari bozorlariga olib chiqish;

  • yoshlarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanishga jalb qilish hamda professional jamoat tashkilotlarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash.

Ushbu qonunning17-moddasida aytib o’tilishicha, baholovchi ushbu Qonunda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan va baholovchilar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi bir vaqtning o‘zida faqat bitta baholovchi tashkilot tarkibida u va baholovchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishlashi mumkin.
Baholovchi ushbu Qonun va baholash standartlari talablariga rioya qilishi shart.
Baholovchi faqat bitta o‘zi ishlayotgan baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
Baholovchi baholash haqidagi hisobotning ishonchliligini ekspertiza qilishga unda birinchi yoki oliy toifa bo‘lgandagina jalb qilinishi mumkin.
Baholovchi yordamchiga ega bo‘lishi mumkin. Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobotni hamda baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qo‘shiladi.
Baholovchi yordamchisiga baholash obyektini baholashni amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
Baholash faoyaliyati 32-moddaga ko’ra quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • ko‘char mulkni baholash, bundan qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar mustasno;

  • ko‘char mulkni baholash, bundan mulkiy kompleks sifatidagi korxona mustasno;

  • biznesni (mulkiy kompleks sifatida korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash).


Yüklə 60,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin