Baholash ishi



Yüklə 60,8 Kb.
səhifə7/11
tarix08.06.2023
ölçüsü60,8 Kb.
#126996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BBI-50 Hojiyeva E\'zoza. Turar joy binosi hisobot

Gordon (doimiy o‘sish) usulida aktiv kelajakda doimiy ravishda o‘sadi yoki pasayadi.
Multiplikatorlar usuli orqali terminal qiymatni hisoblash bozor ma’lumotlari yoki bozor multiplikatorini qo‘llashni nazarda tutadi. Multiplikatorlar usulidan foydalanganda baholovchilar mazkur Standartning qiyosiy yondashuv hamda qiyosiy yondashuv usullarida bayon etilgan talablariga muvofiq harakat qilishlari kerak. Shu bilan birga, baholovchilar belgilangan prognoz davri oxirida kutilayotgan bozor sharoitlarini hisobga olishlari va tegishli tuzatishlar kiritishlari lozim.
Xarajat yondashuvi baholash obyekti qiymatini baholashning baholash obyekti eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur xarajatlarni aniqlashga asoslangan usullar yig‘indisi. Ushbu mulkni o‘rnini bosish uchun asl mulkning nusxasi yoxud xuddi shunday foydalilikni ta’minlay oladigan boshqa mulkni yaratish mumkinligi nazarda tutiladi. Bunday yondashuv aktivni almashtirish yoki takror ishlab chiqarishga xarajatlarni hisoblash hamda jismoniy va boshqa o‘rinli eskirish turlariga chegirmalar qo‘llash yo‘li bilan qiymat ko‘rsatkichini olish imkonini beradi.
Xarajat yondashuvi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

  • ishtirokchilar baholanayotgan aktivdaga o‘xshash foydali aktivni normativ yoki huquqiy cheklovlarsiz takror ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan va bu aktivni tez yaratish oqibatida, ishtirokchi baholanayotgan aktivdan shu zahoti foydalanish uchun ko‘p pul to‘lashi shart bo‘lmaganda;

  • baholanayotgan aktiv bevosita daromad olib kelmaydigan, shuningdek aktivning o‘ziga xos xususiyati daromad yondashuvi va/yoki qiyosiy yondashuvdan foydalanish imkonini bermaganda;

  • qo‘llaniladigan baholash bazasi takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati kabi almashtirish xarajatlariga asoslanganda.

Xarajat yondashuvi quyidagi asosiy usullar orqali hisoblanadi:

  1. almashtirishning qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni teng qiymatli foydaliligi taklif qilinadigan o‘xshash aktivga xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;

  2. takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni aktivning aniq nusxasini yaratishga ketgan xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;

  3. komponent usuli, bunda uning yordamida aktiv qiymati uning tarkibiy qismlarining alohida qiymatlarini qo‘shish orqali hisoblanadi.

Almashtirishning qoldiq qiymati usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:

  • teng qiymatli foydali aktivni yaratish yoki sotib olish istagida bo‘lgan ishtirokchi amalga oshiradigan barcha xarajatlarni hisoblash;

  • baholanayotgan aktivning jismoniy, funksional va tashqi eskirishi munosabati bilan qanchalik qadrsizlanishi mumkinligini aniqlash;

  • baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy xarajatlar summasidan jami eskirish-qadrsizlanishni chegirish.

Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

  • zamonaviy ekvivalent aktivga qilingan xarajatlar baholanayotgan aktivning aniq nusxasini yaratish xarajatlaridan yuqori bo‘lganda;

  • baholanayotgan aktiv beradigan foydalilikni zamonaviy ekvivalent aktiv emas, balki uning aniq nusxasi ta’minlashi mumkin bo‘lganda.

Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:

  1. baholanayotgan aktivning aniq nusxasini yaratish maqsadini qo‘ygan odatiy ishtirokchining barcha sarf-xarajatlarini hisoblash;

  2. baholanayotgan obyektda jismoniy, funksional yoki tashqi eskirish oqibatida qandaydir qadrsizlanish bor-yo‘qligini aniqlash;

  3. baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy xarajatlar summasidan jami amortizatsiya summasini chegirish.

Komponent usuli, qoida tariqasida, investitsiya kompaniyalariga yoki qiymati birinchi navbatda ularning qo‘yilmalari yoki mulki bilan belgilanadigan korxonalarga yoki aktivlarga nisbatan qo‘llaniladi. Komponent usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:

  • tegishli yondashuvlar va baholash usullarini qo‘llagan holda, baholanayotgan aktiv tarkibiga kiradigan har bir tarkibiy aktivni (komponentni) baholash;

  • baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun barcha tarkibiy aktivlar qiymatini qo‘shish.

Xarajat yondashuvida, qoida tariqasidagi ishtirokchining barcha bo‘lajak xarajatlarini qamrab olinishi kerak.Xarajat yondashuvida “eskirish-qadrsizlanish” tushunchasi har qanday eskirishning baholanayotgan aktiv qiymatiga ta’sirini aks ettirish maqsadida teng foydalilikka ega aktivni yaratish uchun ketadigan hisoblab chiqilgan xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarga tegishli.
Eskirish bilan bog‘liq tuzatishlar quyidagilardan iborat:

  • jismoniy eskirish, bunda tabiiy eskirish, noto‘g‘ri foydalanish, konstruktiv nuqsonlar, shuningdek aktiv elementlarining mexanik shikastlanishlari bilan belgilangan aktivlar qiymatidagi yo‘qotishlar inobatga olinadi;

  • funksional eskirish, bunda aktivlar to‘laligicha yoki ayrim elementlariga ko‘ra bozor talablariga muvofiq emasligi bilan belgilangan aktivlar qiymatidagi yo‘qotishlar aks ettiriladi;

  • tashqi (iqtisodiy) eskirish, bunda aktiv qiymati mazkur baholanayotgan aktiv obyektdan tashqi omillar ta’siri natijasida pasayishi inobatga olinadi.

Eskirishlarni hisoblashda aktivning jismoniy va iqtisodiy unumli foydalanish muddati e’tiborga olinishi kerak.
Aksariyat eskirishlar turlari baholanayotgan aktivni va almashtirish yoki takror ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash uchun asos bo‘lgan gipotetik aktivni taqqoslash yo‘li bilan o‘lchanadi. Jismoniy eskirishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • bartaraf etib bo‘lmaydigan eskirish, bunda bartaraf etish xarajatlari bartaraf etish natijasida aktivga qo‘shiladigan qiymatidan ko‘proq bo‘ladi;

  • bartaraf etib bo‘ladigan eskirish, bunda bartaraf etish xarajatlari bartaraf etish natijasida aktivga qo‘shiladigan qiymatidan kamroq yoki unga teng bo‘ladi.

Funksional eskirishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • dizayn, qurilish materiallari, ishlab chiqarish texnologiyalarining eskirishi oqibatida ortiqcha kapital xarajatlarining yuzaga kelishi, bular baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam kapital kiritmalarni talab qiladigan zamonaviy ekvivalent aktivlarning ko‘proq hamyonbopligiga olib keladi;

  • ortiqcha foydalanish xarajatlari, ular dizaynni takomillashtirish yoki ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanmaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin, bu foydalanish xarajatlari baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam bo‘lgan zamonaviy ekvivalent aktivlarning ko‘proq hamyonbopligiga olib keladi.

Iqtisodiy eskirish tashqi omillarning alohida aktivga yoki biznesda ishtirok etayotgan barcha aktivlarga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, unga tuzatishlar esa, jismoniy va funksional eskirish hisobga olinganidan keyin kiritiladi.
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentari eskirmaydi va tuzatilmaydi. Likvidli aktivlar ularning qiyosiy yondashuv doirasida aniqlangan bozor qiymatidan past darajagacha kamaytirilmasligi kerak.
Agar baholovchilar turli yondashuv va usullardan foydalanganda qiymat ko‘rsatkichlarida jiddiy farqlar kelib chiqsa, qiymat ko‘rsatkichlari nima uchun bunday farq qilayotganini tushunish uchun tahlil o‘tkazishlari kerak, chunki qiymatning eng ko‘p farq qiladigan ikkita yoki undan ortiq ko‘rsatkichini oddiygina arifmetik muvofiqlashtirish yetarli hisoblanmaydi.
Ushbu yondashuvlarni amalda qo’llanilishini Market Valuation baholash kompaniyasi tomonidan Kitob shahar, Yangiobod MFY Yangiobd ko’chasi 34-uyda joylashgan fuqaro Gadayeva Inobad Gafforovnaga tegishli “Turar joy” binosining bozor qiymatini aniqlash maqsadida tuzilgan baholash hisoboti tahlilida ko’rib chiqamiz. Ushbu hisobot 2021-yil 21-avgustda O’zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to’g’risida”gi Qonuni hamda Yagona Milliy Baholash Standarti asosida tuzilgan. Ushbu hisobotda mulkni baholashda qo’llaniladigan yondashuvlarning xarajat hamda qiyosiy usulidan foydalanilgan.

Yüklə 60,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin