ТД – tadbirkor daromadi;
Э – to’plangan eskirish;
Сер – yer uchastkasi qiymati
Baholanayotgan obyektlarning tiklanish qiymatini aniqlashda 2004 yil 1 noyabrdan muomalaga kirgizilgan “Turar joy bino va inshootlar tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari” kitobidan foydalanildi. Bu jarayonda kadastr hujjatida mavjud bo’lgan literlar asosida har bir bino alohida hisoblanadi. Bizning baholayotgan obyektimiz ko’p qavatli bino bo’lganligi sababli unda faqatgina bitta liter mavjud ya’ni yashash uyi binosi. Tiklanish qiymati aniqlangandan so’ng bino va inshootlarning eskirish qiymati topildi. Bunda faqatgina jismoniy eskirish hisoblandi. So’ng bino va inshootlarning baholash qiymati aniqlandi. Ushbu turar joy binosi ko’p qavatli binoning 1-qavatida joylashgani sababli yer uchastkasiga bo’lgan huquqni baholash amalga oshirilmadi. Olib borilgan hisob-kitoblarga asosan, baholash byektining xarajat yondashuvida baholash qiymati 158554000 so’mni tashkil etdi.
Koʼchmas mulklar qiymatini hisoblashda qoʼllanilgan yondoshuv(usul)larni va natijalarni muvofiqlashtirib chiqildi.
Baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula boʼyicha aniqlanadi:
Кяк = Кхар * С1 + Кдар * С2 + Кқиёс * С3 bu yerda:
Кяк - baholash obyektining yakuniy qiymati;
Кхар, Кдар, Кқиёс- tegishincha xarajatga oid, daromadga oid va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlangan qiymatlar;
С1, С2, С3 - har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli taqqoslama oʼlchovlar.
Bunda, quyidagi shart bajarilishi lozim:
С1 + С2 + С3 = 1 Baholash natijalarini muvofiqlashtirish quyidagi jadvalda aks ettirilgan: