Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib, obyektning baholash sanasiga aniqlangan bozor qiymati 250776000 so’mni tashkil etdi.
Xulosa Men Hojiyeva E’zoza 2021-yil 24-maydan 3-iyulgacha Market Valuation MCHJ baholash kompaniyasida amaliyot o‘tadim. Amaliyot o’tash davomida baholash faoliyati to’g’risida, baholash kompaniyasining faoliyat sohalari haqida ma’lumotga ega bo’ldim. Masalan, baholash faoliyati deganda baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyati tushuniladi va h.k. Market Valuation baholash kompaniyasining asosiy faoliyat turi haqida aytib o’tsak, u asosan, ko’char hamda ko’chmas mulkni baholash sohasida faoliyat yuritib keladi. Bu yerda malakali baholovchilar jamoasi faoliyat yuritib, ularning bir qanchasi baholovchining malaka sertifikatiga ega. Baholash faoliyatida mulkni baholashning 3ta yondashuvi(qiyosiy, daromadlar, xarajatlar yondashuvi) mavjud bo’lib, Market Valuation baholash jarayonida bu yondashuvlarning har uchalasidan ham foydalanadi. Chunki baholash jarayonida har uchala yondashuvdan foydalanish bizni eng samarali xulosaga kelishimizga yordam beradi. Yuqorida tahlil qilingan kompaniya hisobotida 2ta ya’ni qiyosiy va xarajat yondashuvlaridan foydalanilgan. Daromad yondashuvidan foydalanilmaganining sababi shundaki, ushbu turar joy binosi ijaraga berilmagan va undan hech qanday daromad olinmagan. Aynan shu hisobotni tahlil qilish davomida men ko’chmas mulk turi bo’lgan turar joy binosini baholash jarayoni bilan tanishgan holda unio’rganishga harakat qildim.
Tanishuv amaliyoti davomida yana quyidagi xulosalarni oldim:
mulk qiymatini baholash prinsiplarini bilmasdan turib va baholash maqsadlarini aniq belgilamasdan turib mulk qiymatini to’g’ri va obyektiv baholab bo’lmaydi;
mulk turlari bo’yicha uning qiymatiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va tavsiflash asosida mulkni baholashning qanday yondashuv va usullarni qo’llash mumkinligini ko’rish mumkin.