Baholash ishi


Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion komunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish



Yüklə 60,8 Kb.
səhifə3/11
tarix08.06.2023
ölçüsü60,8 Kb.
#126996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BBI-50 Hojiyeva E\'zoza. Turar joy binosi hisobot

2. Baholash faoliyatiga doir bo`lgan informatsion komunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish
Baholash jarayonining axborot (informatsion) ta'minoti - mulkiy huquq subyektlari va potentsial mulkdorlarning fuqarolik huquqi obyektlari holati va u bilan bog’liq jarayon va hatti-harakatlarni transparent (informatsion shaffof) ifodalashga qaratilgan axborotlar va hisobotlar tizimi (mexanizmi) bilan ta'minlanganligi. Fuqarolik huquqi obyektlari bo'yicha informatsion munosabatlar o'z ichiga mulkiy huquq subyektlarining faoliyatidagi transparentlikka asoslangan turli axborot va hisobotlar shakllantirishi, almashinish, taqdim etish faoliyati jarayonidagi me'yorlarini oladi. Bunda transparentlik mulkdorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, mulkiy munosabatlarda ishonchli qaror qabul qilish maqsadlarida ta'minlanadi.
Dasturiy ta'minot (Dasturiy ta'minot, dasturiy ta'minot) - bu kompyuter yordamida ma'lumotlarni qayta ishlashni tashkil etishga imkon beradigan maxsus dasturlar to'plami. Dasturiy ta'minot (dasturiy ta'minot) - kompyuterda bajarilishi uchun topshiriqlarni tayyorlash va ularning mashina orqali o'tishini tashkil qilish jarayonini osonlashtiradigan maxsus dasturlar to'plami, shuningdek protseduralar, tavsiflar, ko'rsatmalar va qoidalar, shuningdek ushbu komponentlar bilan bog'liq barcha hujjatlar bilan birgalikda kompyuter tizimining ishlashi.
Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi :
1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut));
2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC);
3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar).
Microsoft Word (qisqacha MS Word, WinWord yoki Word) – matnli ma’lumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.
WORD matn muxarriri ko'magida rus va ingliz tilida xar xil xujjatlar, xat, xisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli ma'lumotlarni zudlikda tayorlash va chop qilish mumkin. Bu matn muxarriri yordamida o'zbek shriftida va lotin alifbosi asosida, o'zbek tilida xar xil ma'lumotlarni osonlik bilan tayorlash mumkin.
Microsoft Access dasturi Malumotlar bazasini yaratishda foydalaniladi.Microsoft Office keng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidir. Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi xozirda MOBT sifatida keng oʻrganilmoqda va qoʻllanilmoqda.
Ma’lumotlar bazasining asosini unda saqlanuvchi ma’lumotlar tashkil qiladi va ular obyektlar orqali boshqariladi. Obyektlarning asosiy turlari quyidagilar:

  1. «Jadvallar» – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;

  2. «Tablitsalar» – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga o’zgarishlar kiritish uchun xizmat qiladi;

  3. «Formalar» – ma’lumotlarni ko’rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;

  4. «Sahifalar» – HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular Access ma’lumotlarini Internet Explorer brauzeri yordamida ko’rish uchun ishlatiladi;

  5. «Xisobotlar» – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini beradi;

  6. «Makroslar» – bir yoki bir qancha operasiyalarini avtomatik ravishda bajaradi.

Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga (MBBT) kiritilgan har qanday ma’lumot jadvallarda saqlanadi.
Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma`lumotlar jadval Ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma`lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma`lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma`lumotlarni kiritish mumkin:

  • matnli;

  • sonli ifodalar;

  • formulalar.

MICROSOFT EXCEL elektron jadvali xisoblash vositasi sifatida karalib,
iktisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina kolmay, balki xar kungi xarid qilinadigan ozik-ovkatlar, uy-ruzKor buyumlari hamda bankdagi xisob raqamlari xisob-kitobini olib borishda xam yordam beruvchi tayyor dasturdir.
Avtoelon.uz - O‘zbekistondagi avtomobillarga doir e‘lonlarning har kuni yangilanib turadigan bazasidir: yengil va yuk avtomobillari, yangi va yurilgan avtomobillar, motosikllar va maxsus texnika. Shuningdek: ehtiyot qismlar, tyuning, ta‘mirlash ishlari, avtomobillarni yuvish va boshqa xizmatlar - barchasi bir ilovaga jamlangan.
OLX - muayyan davlatlarda onlayn-maydon xizmatlarini taqdim etuvchi peshqadam e'lonlar platformasi. OLX odamlarni tovar yoki xizmatlarni sotib olish, sotish va almashtirish orqali birlashtiradi. OLX yordamida har bir kishi mobil moslamadan yoki kompyuterdan e'lonlarni osonlikcha joylashtirishi mumkin.
Har oy butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar OLX orqali turli xil tovarlar, shu jumladan, kompyuterlar, mobil telefonlar, mebel, sport tovarlari, avtomobillar, ko'chmas mulk, xizmatlar va boshqa ko'p narsalarni sotishadi va sotib olishadi.
OLX– O’zbekistondagi 1-raqamli e’lonlar xizmati. OLXda siz sotish to’g’risida e’lon joylashtirishingiz mumkin yoki zarur bo’lgan tovarni topishingiz mumkin. Bizning foydalanuvchilarimiz – bu o’z byudjetini oqilona ishlata oladigan, narxidan ortiq to’lashni yoqtirmaydigan va foyda ko’rgan holda o’zlariga kerak bo’lmagan narsalardan holi bo’lmoqchi odamlar. OLXda turli narx toifasidagi tovarlar – “xalq” tovarlaridan tortib, brendli tovarlargacha mavjud, va bunda ular magazindagilarga nisbatan bir necha bor arzon turadi. Har bir odam sanoqli daqiqalar ichida tez va osonlikcha mobil moslamadagi bepul ilova yordamida ham, kompyuter orqali ham e’lon joylashtirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standarti O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda xalqaro baholash standartlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.

Yüklə 60,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin