Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə216/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Sirdaryo viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozog`iston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va g`arbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming kv.km. Aholisi 668 kishidan ortiq. Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Do`stlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yig`ini bor. Markazi — Guliston shahri.
Sirdaryo-Oʻrta Osiyodagi eng uzun va Amudaryodan keyingi eng sersuv daryo hisoblanadi. Oʻzbekistondagi eng katta ikki daryolaridan biri. Sirdaryo Oʻzbekistonning shimoliy chegarasidan oqib oʻtib, Orol dengiziga quyiladi.
Sirt-
Sirtlon (do`lta)- (Hyaenidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tashqi koʻrinishi bo`riga oʻxshaydi. Gavdasining uzunligi 55—165 smdacha bo`ladi. Oldingi oyoqlari orqadagisiga nisbatan uzunroq. Oyoqlari 4 barmokli (yer boʻrisi oldingi oyoqlari 5 barmoqli), boʻyni yoʻgʻon, boshi katta, tishlari yirik bo`ladi. Dumi pahmoq, kalta (uzunligi 20—22 sm). Koʻpchiligining boʻyni ustida va qisman yagʻrinida uzun yungi (yoli) boʻladi. Qoʻngʻir yoki kulrangtusli yungi yoʻl-yoʻl yoki xoldor. Sirtlonning 4 turi bor. Afrika, Old va Oʻrta Osiyo, Janubi Gʻarbiy Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekiston janubida (Surxondaryo viloyati) yoʻl-yoʻl sirtlon 20-asr oʻrtalarigacha uchragan. Sirtlon yarim choʻl va choʻlda yashaydi, kechasi ov qiladi. Yakka yoki juftjuft boʻlib yuradi. Yiliga 1 marta 2 - 4, baʼzan 6 tadan bolalaydi. Hayvonlar murdasi bilan oziqlanadi. Sirtlonning bitta turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
So`fito`rg`ay-(Galerida cristata) qum sahrolari va vohalarda o`troq holda yashovchi qush. Mart-aprel oylarida yerdagi chuqurchalarga, ba`zan biror buta tagiga uya quradi. Chuqurchaning chetlarini xas-cho`plar bilan o`rab oladi. Bir yozda ikki marta 4-6 tadan tuxum qo`yadi. Tuxumining po`sti kulrang bo`lib, mayda-mayda qo`ng`ir xollar bilan qoplangan. So`fito`rg`ay turli xil hasharotlar, ba`zan o`simlik urug`lari bilan oziqlanadi. Zararkunanda hasharotlarni qirib, qishloq xo`jaligiga katta foyda keltiradi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin