So`lak- So`ta- So`x daryosi- Soat-(lotincha Horologium) (oʻlchov birligi) - tizimdan tashqari vaqt birligi, 60 daqiqa yoki 3600 soniyaga teng. Xalqaro belgilanishi: h. 1 sutka=24 soat.
Sog`lik- Sohil- quruqlikning suv havzasi (dengiz, koʻl, daryo va boshqalar) qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan va ularga nishab boʻlgan qismi. Sohil 3 zona: dengizboʻyi — dengiz terrasalari zonasi, hozirgi zamon qirgʻoq shakllari rivojlanayotgan qirgʻoq zonasi, suv bosgan qadimgi qirgʻoq shakliga ega sohilboʻyi zonasidan iborat.
Somsa-(oʼzbekcha, Сомса, Samsa)— xamirli taom turi. Oʻzbek pazandaligida somsa asosan, tandirga yopib dumaloq shaklda tayyorlanadi. Hozir gaz duxovkalarida uchburchak va toʻrtburchak shaklida ham pishiriladi. Somsa tayyorlash uchun bugʻdoy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Somsaga koʻpincha sirka, pomidor qaylasi, Jizzax somsasiga esa oʻsimlik moyi sepilib tanovvul qilinadi. Yevropa davlatlari koʻchalarda hot-dog sotilganidek, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tatariston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning aholi yashash joylarida somsa koʻchma tandirlarda yopilib, koʻchalarda, bozorlarda ham sotiladi.
Soniya(sekund)- (lotincha secunda divisio — ikkinchi boʻlish degan ma`noni bildiradi) (belgilanishi: s) — SI xalqaro birliklar sistemasining oʻlchov birliklaridan biri hisoblanib, vaqtni oʻlchaydi. Sekund s yoki sek bilan belgilanadi.
Sopol- maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va to`zg`oq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan mahsulot kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda — qo`lda hamda kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, so`ng gulxan (xumdon)da qizdirib sopol tayyorlanadi. Ro`zg`orda (piyola, kosa, lagan, ko`za, oftoba, xum va boshqalar), me`morlik (koshin, sopolak, parchin va boshqalar) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va boshqalar)da sopol buyumlari keng qo`llanadi. Bolalar o`yinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) ham shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab sopolning rangi turlicha (och sariq, qizg`ish, kulrang va boshqalar) bo`ladi. Sopolda bezak ishlash mumkin. Sopol buyumlar yasash O`rta Osiyoda 10—12-asrlardan yuksak taraqqiy etdi. O`zbekiston hududida spool buyumlar ishlab chiqarish keng yo`lga qo`yilgan.