Tana- Tana harorati- Tanaffus- Taom- Taqir yer- Tarbiyachi- Tarixiy obida- Tarixiy yodgorliklar- Tarozi- jismga taʼsir etuvchi og`irlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob. Tarozi qadimgi oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy tarozi qadimgi Bobilda miloddan avvalgi 2,5 ming yillikda va Misrda miloddan avvalgi 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishi bilan tarozi asta-sekin takomillashib borgan. Tarozining bir qancha turlari bor. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kg gacha, koʻchma — 50 kg dan 6 t gacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish uchun) — 5t dan 200 t gacha yukni torta oladigan xillari bor. Hozir yukning ham vaznini, ham qiymatini xaridorga koʻrsatib turadigan elektron tarozilar koʻproq qoʻllanadi.
Tarvuz- qovoqdoshlar oilasiga mansub bo`lgan bir yillik poliz o`simligi. Tarvuzning poyasi 4 m gacha palak otib o`sadi. Guli sariq rangda, urug`i esa ko`p bo`ladi. Tarvuz urug`I ekilgandan keyin 60 – 120 kundan keyin pishadi. Mevasining yeyiladigan qismi ko`pincha qizil rangda bo`lib, mazali va sersuv.
Tasavvur- Teatr-(yunoncha - "tomoshagoh" degan ma`noni bildiradi) teatr tomoshalari o‘tkaziladigan joy. Bundan tashqari teatr cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Teatr binolari qadimdan mavjud bo`lgan. Qadimda teart ochiq bino shaklida bo`lgan va shunday uzoq tarixga ega bo`lgan teatrlar hozirgacha ham saqlanib qolgan.
Tegirmon- Tekislik- qurukliklarda, dengiz va okeanlar tubidagi yassi yoki biroz oʻrqir boʻlgan katta maydonlar. Quruqlikda dengiz sathidan past boʻlgan botiq tekislik, balandligi 0 dan 200 m gacha boʻlgan payettekislik, 200 dan 500 m gacha boʻlgan baland (Ustyurt) va 500 m dan ziyod yassitogʻliklarga boʻlinadi. Tekislik yuzasining yotiq, qiya va botiq shakllari mavjud. Tekisliklar Yer yuzasining katta qismini egallaydi. Quruqlikdagi tekisliklarda katta daryo havzalari, koʻllar joylashgan, ularning inson tomonidan oʻzlashtirilishi qulay. Eng yirik tekisliklar: Shimoliy Amerikadagi Buyuk va Markaziy tekisliklar, Janubiy Amerikadagi Amazonka va Gviana pasttekisliklari, Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Osiyodagi Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, Hind-Gang tekisliklari, Afrikadagi Sahroi Kabir va Sudan, Avstraliyadagi Markaziy pasttekisliklar.
Televizor-(TV) yoki oynai jahon televizion signallarni qabul qilib, ularni tasvir va tovushga aylantirib beruvchi elektron qurilmadir. Televizor (tele va lotincha viso — qarayman degan ma`noni bildiradi) — telestudiyadan uzatiladigan teleeshittirishlarning elektr signallari (telesignallar)ni qabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun moʻljallangan radioelektron qurilma. Rangli va oqqora, statsionar va Kuchma xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan elektr signallarini toʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orkali televizorga uzatadi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, televizorlar bir, uch, besh, oʻn ikki, oʻttiz bir va boshqa kanalli boʻladi. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini koʻrish uchun televizorda sozlash blokidan foydalaniladi.