Ter- Terak- 25 – 30 m bo`ladigan, barg to`kadigan daraxt. Guli to`pgul bo`lib, osilib turadi. Terak erta bahorda, barg chiqarmasdan ilgari, ba`zan esa barg chiqarishi bilan baravar gullaydi. Terak urug`I, to`nkadan chiqqan bachkilari va ildizlari orqali ko`payadi. Bundan tashqari, poya va ildiz qalamchalaridan ham ko`paytiriladi. Teraqk yorug`sevar, shamolga va havodagi tutunga bardosh beradigan daraxt. Terak manzarali daraxt sifatida ekiladi. Terakning 36 ta turi bo`lib, Ozbekistonda uning 16 turi uchraydi. Terak tabiiy sharoitda ko`proq daryo bo`ylarida o`sadi. Terakning yog`ochligi qurilishda ishlatiladi.
Tereskan- (Eurotia eversmanniana) shoʻradoshlar oilasiga mansub bo`yi 10 – 35 sm keadigan kichkina buta o`simlik. U may – iyulda gullaydi, iyul – sentabr oylaridameva berad, tog`ning mayda shag`alli yon bag`irlarida o`sadi. Tyereskan yaxshi yem-xashak bo`ib, uni qishloq xo`jalik hayvonlari yaxshi yeydi. Keyingi vaqtda tereskan yozda, kuzda va qishda foydalaniladigan yayovarda madaniy o`simlik sifatida ekila boshladi. O`tin sifatida ham foydalaniladi. Ko`pincha Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Torf botqoqlikdagi o`simliklarning havo yetishmaslik va ortiqcha namlik tufayli to`la chiriy olmagan qoldig`i. torf yoqilg`i hisoblanadi. Torf qishloq xo`jaligida o`g`it sifatida tuproqni o`g`itlashda, issiqxonalarda yonilg`I sifatida va hayvonlarning tagiga to`shash, meva va sabzavotlarni saqlash maqsadida ishlatiladi.
Teri kasalligi- Teri- odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarishda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda Teri sathi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha bo`ladi. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. Teri butun badanni qoplab, ogʻiz, burunda shilliq qavatga aylanadi. Teri oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz qavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻp-ozligiga qarab belgilanadi.
Termiz shahri- Surxondaryo viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. U Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janubiy qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti va Temir yoʻl stansiyasi mavjud. Maydoni 27,8 kv.km. Aholisi 120 mingdan ziyod. Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori harorat +49,5°, 1914-yil 21-iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa bo`ladi.
Termometr- (termo— issiq va metr) haroratini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Termometrning suyuqlikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng soddasi suyuqlikli termometr, asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuklik, masalan, simob bilan toʻldirilgan boʻladi. Harorat ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. Harorat qancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi.