Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə229/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Tinch okeani- Amerika va Osiyo qit`alari orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir. Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qo`ygan. Tinch okeani sathi 179.7 million kv.km dan iborat. Tinch okeani, deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir. Eng chuqur yeri Mariana chuquri bo`lib, u 11034 m chuqurdir. Mariana chuquri dunyoning eng chuqur nuqtasi deb bilinadi. Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida birinchi o`rinda. Tinch okeani g`arbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari o`rtasidagi yo`lak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Tinch okeani orollarining ko`pligi (taxminan 10 ming) va umumiy maydoni bo`yicha okeanlar o`rtasida birinchi o`rinda.
Tipratikan-(Erinaceidae) hasharotxo`r sut emizuvchilar oilasiga kiruvchi hayvon. Oyoqlari ko`pchiligida 5 barmokli bo`ladi. Tipratikanning teri osti muskullari yaxshi rivojlangan, ular qisqarishi tufayli tipratikan gavdasi sharsimon shaklga kiradi. Tipratikanning 12—15 turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. O`zbekistonda 2 turi: quloqdor tipratikan, qora ignali tipratikan uchraydi. Qulokdor tipratikan (tanasi 15—19 sm, qulog`i uzun, qorni mayin oq jun bilan qoplangan) O`zbekistonning hamma hududlarida tarqalgan. Qora ignali tipratikan (tanasi 22—27 sm, dumi 23–37 mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) O`zbekiston janubida — Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan, hasharotlar, shuningdek, mayda umurtqali hayvonlar (ilonlar), kamdan-kam o`simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi. Qishloq xo`jaligi zararkunandalari—hasharotlarni yeb foyda keltiradi.
Tirik mavjudod-
Tirik organizm-
Tirik tug`ar kaltakesak-
Tirnoq- changal ham deyiladi. Tirnoqlar barmoqlarni himoya qiladi. Ular odam va maymun barmoqlari uchida hosil boʻladi. Tirnoqteriga nisbatan ancha qattiq bo`lib, barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism, tana va iddizdan iborat. Tirnoq bir kechakunduzda oʻrta hisobda 0,1—0,2 mm o`sadi. Taxminan 100 kunda toʻliq yangilanadi. Tirnoq oʻsishi kishining yoshi, jinsi, organizmning umumiy holati va boshqa omillarga bogʻliq, masalan, bolalar tirnogʻi kattalarnikiga nisbatan tezroq, yoki qishda yozdagidan sekinroq oʻsadi. Tirnoq 10–15 mm, eni 10–17 mm, qalinligi 0,30—0,37 mm, ayollarda kichikroq va yupqaroq boʻladi. Sogʻlom kishining tirnogʻi bir oz boʻrtib chiqqan, silliq, tiniq va rangsiz bo`ladi. Tirnoq ostida ko`plab mikroblar yig`iladi. Shuning uchun ham tirnoqlarni tez-tez olib turish va tozalash kerak.
Tish- odam va koʻpchilik jagʻogʻizli umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻi (baʼzi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilmadir. Tishlar ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Tishlar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorini hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16 ta tish: 4 ta kesuvchi, 2 ta qoziq, 4 ta kichik jagʻ va 6 ta katta jagʻ tish joylashgan. Odatda, sut va doimiy tishlar boʻladi. Sut tishlar doimiy tishlar shakliga oʻxshash, lekin kichik va ildizi birmuncha kaltaroq bo`ladi. Ular emizikli yoshda yorib chiqadi va doimiy tishlar bilan almashguncha, yaʼni 12— 13 yoshgacha turadi. Tish chiqishi maʼlum muddat va tartib asosida boʻladi. Bolalarda birinchi boʻlib pastki, keyin yuqori kesuvchi tishlar chiqadi (6—8 oygacha). Bola 8—12 oyligida avval pastki yon, keyin yuqorigi yon kesuvchi tishlar chiqadi. Soʻngra tartib bilan birinchi jagʻ (12— 16 oy), qoziq (16—20 oy) va ikkinchi jagʻ tish (20—30 oy) chiqadi. Sogʻlom bolalarda bu muddat bir oz ilgariroq yoki kechroq kechishi mumkin. Koʻpincha bola 2 yasharligida 20 ta sut tishi chiqib boʻladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin