Telpak- Temir- rudalari - tarkibidagi temir miqdori va birikmalari undan temirni ajratib olishga texnik imkoniyat yetarli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan tabiiy mineraldir. Temir rudalari mineral tarkibi, temir miqdori, foydali va zararli aralashmalari, hosil boʻlish sharoitlari va sanoatdagi xossalari jihatidan xilma xildir. Tarkibi, kelib chiqishi va sifati boʻyicha Temir rudalari har xil boʻlib, sanoatda foydalaniladigan turlarida temir miqdori 16% dan 72% gacha oʻzgaradi va shunga qarab boy, oddiy va kambagʻal rudalar farq qilinadi. Temir rudalari choʻyanni tabiiy koʻrinishda yoki boyitilgandan soʻng eritish uchun ishlatiladi. Temir ruda konlarining eng yirik zaxiralari (80% dan koʻprogʻi) Rossiya, Braziliya, Kanada, Avstraliya, AQSH, Hindiston, JAR, Shvetsiya va Fransiyada joylashgan. Oʻzbekistonda uncha katta boʻlmagan Temir rudalari konlarining bir nechtasi maʼlum boʻlib, ular Toshkent va Qoraqalpog`istonda joylashgan.
Temirtosh- Temuriylar tarixi davlat muzeyi- Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi. Muzey 1996-yil qurilgan. Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, balandligi 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m) bo`lib, uni qurishda temir ustun, gʻisht, turli beton blok va yengil tayyorlangan sunʼiy qurilish uskunalari qoʻllanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Muzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan)dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yogʻoch oʻymakorligidagi eshik oʻziga xos. 1qavatda koʻrgazma va kinoleksiya zali (200 oʻrindiqli) bor. 2qavatdagi koʻrgazma zali 8 boʻlimdan iborat. Koʻrgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar Oʻzbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996 yilda Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrgazmadagi eksponatlar ham muzeyga oʻtkazilgan. Muzeyga har yili 100 mingdan ziyod tomoshabin kiradi.