Suv tomchilari- Suvo`tlar- Suyak- odam tanasini tik saqlovchi ustundir. Bu ustun ikki yuzta katta va kichik suyaklardan tuzilgan bo`lib, ular bir-biri bilan mustahkam birikkan. Ularning hammasi bir butun bo`lib skeletni- tananing ishonchli tayanchini hosil qiladi.
Suzgich- Ta`m- biror narsaning mazasini bildiradi. Og`izdagi ta`m bilish retseptorlari og`izdagi narsaning shirin, achchiq, nordon, sho`r ekanligini sezadi.
Tabiat hodisalari- Tabiat- odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman -bu dunyo, odam, koinot, mikromakromegadunyolar, jonsiz va jonli borliq. Tor maʼnoda-tabiat fanlari oʻrganadigan obʼyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (masalan, dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va boshqa esa tabiatning baʼzi jihatlarini oʻzgartiradi. Odam tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda "ikkinchi tabiat" deyiladi. Masalan, vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari "ikkinchi tabiat"ga kiradi.
Tabiat yodgorliklari- jonli va jonsiz tabiat yaratgan noyob, diqqatga sazovor narsa va joylar: gʻorlar, sharsharalar, ajoyib shaklli qoyatoshlar, daralar, buloqlar, ochilib qolgan joylar, katta yoshli ulkan daraxtlar. Tabiat yodgorliklaridan ilmiy, estetik, sayohat, turizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. Uzbekistonda bunday Tabiat yodgorliklaridan juda koʻp: qadimgi odamlarning qoldiqlari topilgan Teshiktosh gʻori, Sayrob, Boysun, Xoʻjakentdagi qadimgi chinorlar, Qoʻytosh, Qirqqiz, Odamtosh, Xoʻjakentdagi qoyatoshlarga chizilgan rasmlar shular jumlasidandir. Mamlakatda 400 dan ziyod Tabiat yodgorliklari roʻyxatga olingan. Tabiat yodgorliklari davlat tomonidan qoʻriqlanadi.
Tabiat zonasi- iqlim omillariga bogʻliq ravishda, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geografik (landshaft) qobiqning yirik boʻlinmalari. Yer shar shaklida boʻlganligi uchun Quyoshning nur energiyasi bir tekisda taqsimlanmaydi. Bu omillar tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan tabiat zonalarini vujudga keltiradi: Quyoshning nur energiyasi ekvatordan qutblarga tomon turli miqdorda tushganligidan bugʻlanish, bulutlar, yogʻinlar, relyef va shamollar, nurash va tuproq hosil boʻlish jarayonlari, suv, oʻsimliklar va boshqa zonalar hosil qilgan. Har bir zona uchun uni tashkil etgan tabiat komponentlari va jarayonlari (iqlim, gidrologik, geokimyoviy, geomorfologik, tuproq va oʻsimlik qoplami hamda hayvonot dunyosi)ning tipik xususiyatlari xos. Koʻpgina tabiat zonalariga uning eng yorqin indikatori — oʻsimlik tipiga qarab nom berilgan (oʻrmon zonasi, dasht zonasi, savanna zonasi va boshqalar). Zonalar, oʻz navbatida, nisbatan tor boʻlimlar — tabiiy geografik kichik zonalarga ajratiladi, masalan, dasht zonasida quruq va tipik dasht zonasi, mo`tadil mintaqa oʻrmonlari zonasida tayga, aralash va keng bargli oʻrmonlar zonasi farq qilinadi. Yer sharida tabiiy geografik mintaqalar ajratilgan boʻlib, ularning har birining zonal sistemasi — tekisliklarda zona va kichik zonalar, togʻlarda balandlik mintakalari toʻplami mavjud.