Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə231/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

To`pgul-bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig`indisi. Ko`pchilik o`simliklarda gullar to`pgullarda yig`iladi. Gullari asosiy gulpoya (to`pgul o`qi)da joylashgan top`gullar oddiy to`pgul deyiladi. Bir qancha oddiy to`pgullarning yig`ilishidan murakkab top`gul hosil bo`ladi. Noaniq to`pgul quyidagi ko`rinishda bo`ladi: 1) boshoqsimon to`pgul – zubtrum, bug`doy, arpa kabilar; 2) so`ta – makkajo`xorida; 3) kuchala – yong`oq, terak, tol kabilarda; 4) shingilsimon top`gul – turp, oq akatsiya; 5) ro`vak – uzum, siren (nastarin), qamish kabilarda; 6) qalqonsimon to`pgul – olma, nok kabilarda; 7) soyabonsimon to`pgul – piyoz, olcha, sabzi kabilarda; 8) kallaksimon to`pgul – beda, sebarga kabilarda; 9) savatchasimon to`pgul bo`tako`z, kungaboqar kabilarda bo`ladi. Aniq top`gul quyidagi ko`rnishlarda bo`ladi: ayri to`pgul – chinnigul; 2)gajak to`pgul; 3)burma to`pgul.
To`qay mushugi-(Felis chaus) — mushuklar urugʻiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Uning uzunligi 54— 94 sm, dumi 30 sm cha bo`ladi. To`qay mushugi Shimoli Sharqiy Afrika, Gʻarbiy va Janubi Sharqiy Osiyo vodiylaridagi chakalakzorlarda yashaydi. Oʻrta Osiyo daryo vodiylari (Sirdaryo va Chu), Kaspiy dengizining gʻarbiy qirgʻogʻida, toʻqaylarda (nomi shundan), qamishlar va butalar orasida uchraydi. Ovlanadigan baʼzi hayvonlar va qushlarni yeb, zarar keltiradi. Ularning quloqlari uchida kalta tutam yungi bor. To`qay mushugi sariqkulrang tusda, tanasining osti ochiqroq rangda bo`ladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
To`qay-qamish bosib yotgan botqoq yer, daryo bo`yidagi qalin changalzor o`rmon. To`qayda suv serob, tuprog`i namroq va yumshoqroq bo`lganidan o`simlik hamda hayvonot dunyosi o`ziga xos bo`ladi. To`qayda daraxtlar bilan birga butalar, o`tlar ham qalin o`sadi. O`rta Osiyo to`qaylarida terak, zarang, tol, yulg`un, jiyda, jing`il, turang`il, qamish ko`p o`sadi. Hayvonot dunyosi — to`ng`iz, kiyik, chiyabo`ri, to`qay mushugi, tustovuq va boshqalar yashayi.
To`r-
To`rg`ay-(Alaudidae) — chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 15 urugʻga mansub 78 turi maʼlum. Asosan, Afrika, Osiyo, Yevropada tarqalgan. Amerikada 1 turi va Avstraliyada 2 turi uchraydi. Ayrim turlari iqlimlashtirilgan. Tanasining uzunligi 110–230 mm, ogʻirligi 1570 g . To`rg`ay ochiq yerlarda —dala, choʻl, sahro, baʼzan oʻrmon va yalangliklarda yashaydi. Uyasini yerga qoʻyadi. Odatda, 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini faqat modasi 12—16 kun bosadi. Ikkala jins 10—11 kun bolalarini uyasida, 8—10 kun uyadan tashqarida oziqlantiradi. Oʻsimlik urugʻlari va hasharotlarni yeydi. Koʻpayish davri tamom boʻlgandan soʻng guruhlarga birlashadi. Shimoldada yashovchi to`rg`ay qishda janubga, togʻdagilari vodiyga koʻchib oʻtadi. Oʻzbekistonda dala toʻrgʻayi, soʻfitoʻrgʻay, qoraqosh to`rg`ay, kichik to`rg`ay, hind toʻrgʻayi, joʻr va boshqa uchraydi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin