Tojikiston- Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming kv.km. Aholisi 8,486,300 kishidan ziyodni tashkil etadi. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti — Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tajikistonning dengizga chiqish imkoniyati yo'q. Hozirda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon.
Tok-(Vitis) — uzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik daraxtsimon o`simlik. U rezavor meva ekini bo`lib, Markaziy va Janubiy Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada 60—70 turi maʼlum. Madaniy tok (Vitis vinifera) barcha qitʼalarda yetishtiriladi. Tok Oʻrta dengiz atroflari va Gʻarbiy Osiyoda miloddan bir necha ming yillar ilgari yetishtirilgan. Madaniy tok taxminan oʻrmon toki (Vitis sylvestris) va boshqa yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Ekiladigan navlarning koʻpchiligi shu turga mansub. Amur toki (Vitis amurensis) — manzarali oʻsimlik. Tyan-shan va Pomir-Olay togʻlarida oʻsuvchi hisor uzumi (Vitis hissarica) Qizil kitobga kiritilgan. Madaniy tokning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. Uning koʻp yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik novdalari uzun (3–5 m) va ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg , barg qoʻltigʻida kurtaklar rivojlanadi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Gullari mayda, koʻkimtirsargʻish. Tok issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, oʻsimlik, koʻchatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, ba`zan urug`idan ko`paytiriladi, 2-, 3-yili hosilga kiradi. Tok aslida yer tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sugʻoriladigan, unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. Tok 30—300 yil yashaydi, oʻz ildiziga ega tuplari 60—80 yil, payvand qilinganlari 30—40 yil hosil beradi.
Tokzor- Tol- toldoshlarga mansub daraxtlar. Tolning 300 turi ma`lum. Asosan, mo``tadil mintaqada, Yevropa va Shimoliy Amerikada tarqalgan. O`rta Osiyoda 22 turi bor. Daraxtlarining xodasi yo`g`on, po`sti dag`al, barglari navbat bilan joylashgan. Ba`zilari bargi yozilguncha, boshqalari bargi yozilgandan keyin yoki bargi yozilishi bilan bir vaqtda gullaydi. Ikki yoshli novdalari kuchala chiqaradi. Tol mart— aprel oylarida gullaydi. Mevasi ko`sakcha. 25—30 kunda yetiladi. Urug`i mayda, ochiq va nam yerda tez, ya`ni 5—10 soatda unib chiqadi. Qalamchasidan, poya (xoda)sidan, parxishdan yaxshi ko`payadi. O`zbekistonda oq tol, qora tol, ignabarg tol, majnuntol, suvtol, turon toli kabi turlari tarqalgan. Oq tolning balandligi 10–15 m. Yog`och tanasi po`stlog`i to`q kulrang , sur. Tanasining diametri 1,5 gacha, Qora tolning daraxt novdalari rangi qo`ng`irqizg`ish. Tez o`sadi. Issiqqa chidamli, sho`rxok yerlarda ham yaxshi o`sadi. Qalamchasi va poyasi ekib o`stiriladi. Obodonlashtirish va xo`jalik ehtiyojlari uchun ko`p ekiladi. Ignabargli tol — daryo bo`ylarida, kichikkichik suv havzalari, ariqlar, xonadonlar atrofida o`sadi.
Tola-ip tayyorlashuchun kerak bo`lgan xom ashyo. Toladan ip va gazlama tayyorlanadi.Tola tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: ko`ndalang va bo`ylama. Tolalar olinishiga ko`ra bir qancha turlari bor. Paxta tolasi chigit qobigʻida yetiladigan ingichka, uzun, silliq va pishiq tabiiy tola. Paxta tozalash korxonalarida chigitdan ajratib olinadi. Ip va toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Paxta tolasidan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va va boshqalar), trikotaj va boshqa ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Toʻqimachilik tolalari - arqoq va tanda iplari, gʻaltak ip va boshqa toʻqimachilik buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan, uzunligi koʻndalang kesimi yuzasidan ancha katta boʻlgan, egiluvchan, ingichka va pishiq materiallar. Toʻqimachilik tolalari tabiiy va kimyoviy guruxlarga boʻlinadi. Ipak tolalar – ipak qurtining pillasidan olinadi. Ipak tolasidan ipak matolar tayyorlanadi. Tabiiy tolalar yuqori molekulali organik moddalar — oʻsimlik organlari va hayvonlar juni hamda momigʻidan, oʻsimliklar urugʻi (masalan, paxtali chigit), poyasi (masalan, zigʻir tolasi), bargi (mas., yukka tolasi), mevasi (masalan, lastochnik tolasi), ipak qurti pillalaridan olinadi. Tabiiy tolalar yuqori molekulali anorganik moddalar (mas., mineral va boshqalar)dan ham ishlab chiqariladi. Lub tolalaridan biri — zigʻir poyasidan olinadigan tola juda ingichka, pishiq, kam choʻziladi. Uning ipidan qopqanor, kiyimkechak, texnik mato va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. Dagʻal poya tolasi - kanop va penkadan arqonlar, dagʻal gazlamalar tayyorlanadi. Jun ham dagʻal poya tolasi boʻlib, u koʻp tarqalgan, namni oʻziga yaxshi tortadi, xossasi kanopnikiga yaqin. Undan koʻproq shakar qoplari va boshqa tayyorlanadi. Tabiiy tolalardan jun va ipak kiyimkechak va boshqa tayyorlashda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.