Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə236/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Tosh-
Toshbaqa- (Testudines, yaʼni Cheloniea) — sudralib yuruvchi hayvon. Tanasi suyakmuguz yoki suyakteri sovut (kosa) bilan qoplangan. Sovut orqa (karapaks) va qorin (plastron) qalqon(kosa)dan iborat. Koʻpchilik toshbaqaning tuzilishi qadimgi davrdan hozirgacha deyarli oʻzgarmagan. Sovutining uzunligim12 sm dan 2 m gacha bo`ladi. Toshbaqa koʻzi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, lekin yomon eshitadi. Tishlari boʻlmaydi. Toshbaqaning 250 ga yaqin turi bor. Yashash muhitiga ko`ra toshbaqalar dengiz va quruqlik toshbaqalariga ajratiladi. Quruqdik toshbaqasi Antarktikadan tashqari barcha qitʼalarda va koʻpchilik orollarda, dengiz toshbaqasi dunyo okeanining tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. Quruklik toshbaqasi sovuq tushganda qishki, qurgʻoqchilik paytida yozgi uyquga ketishi mumkin. Quruqlik va dengiz toshbaqasi, asosan, oʻtxoʻr, chuchuk suv toshbaqasi, odatda, etxoʻr (baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, umurtqasizlar bilan oziklanadi). Toshbaqa bir necha oy oziqlanmasdan yashashi mumkin. Ayrim turlari yil davomida 3 martagacha va undan ham koʻp marta bir necha 100 tagacha tuxum qoʻyadi. Toshbaqaning oʻsishi cheklanmagan, faqat voyaga yetgan davrida sekinlashadi. Bir necha oʻn yil, baʼzan 150 yilgacha yashaydi. Baʼzi toshbaqaning goʻshti, yogʻi, tuxumi, baʼzan muguz qalqonidan foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda toshbaqani koʻpaytirib boqadigan fermalar bor. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda choʻl toshbaqasi tarqalgan. Choʻl toshbaqasi bahor oylari uyqudan uygʻonadi. Oʻsimlik maysalari bilan oziqlanib, qisman ekinlarga ziyon yetkazadi. Issiq yoz va sovuq qishda uyquga ketadi. Kuz quruq kelganida yoz uyqusi qish uyqusiga ulanib ketishi mumqin. Toshbaqa soni kamayib borayotganligi sababli muhofaza qilinadi. 38 turi turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Toshkent shahri- Markaziy Osiyoning yirik qadimiy shaharlaridan biri – O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning ulkan sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m tepalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2,130,900 kishini tashkil etadi. Shahar Qozog‘istonning chegarasiga yaqin joylashgan. Maydoni 327,9 kv.km.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin