Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə235/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Tolimarjon suv ombori- Qashqadaryo viloyatidagi yirik gidrotexnika inshooti.Qarshi magistral kanali etagida barpo etilgan. Tolimarjon temir yoʻl stansiyasi yaqinida, Amudaryo va Qashqadaryo oʻrtasida suvayirgʻich vazifasini bajaruvchi tekislikda joylashgan. Suv ombori 1965—1973 - yillarda qurilgan. 1977- yilda qisman, 1985- yil toʻliq ishga tushurilgan. Tolimarjon suv ombori Qarshi magistral kanali suvi bilan kuzgi qishki mavsumda 6 oy davomida toʻldiriladi. Uzunligi 14 km, kengligi 5,5 km, oʻrtacha chuqurligi 19,8 m, qirgʻoq chizigʻi uzunligi 36 km. Tolimarjon suv omborio.ning asosiy inshootlari majmui 1 va 2 tuproq toʻgʻonlari, nasos stansiyasi, suv oqib keladigan va chiqib ketadigan kanal, drenaj, nasos stansiyasidan iborat. Suv qudratli elektr nasoslari orqali 26,6 m balandlikkacha koʻtarilib beriladi. Qarshi choʻlida oʻzlashtirilgan qoʻriq yerlarni suv bilan taʼminlaydi.
Tomchi-
Tomditog`- Markaziy Qizilqumdagi togʻ, deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan. Shuvoqtog`, Oqtog`, Buzduastog`, Muruntog`, Qoratog` kabi tizmalardan iborat. Bulardan eng balandi Oqtog` tizmasi. Suvayirgʻich qismida (Oqtov) tekislangan yuzalar bor, yon bagʻirlari tik, vaqtincha suv oquvchi qisqa, baʼzida dara shaklidagi oʻzanlar bilan kesilgan etaklari tizmalardan yemirilib tushgan shleyf yotqiziqlari bilan qoplangan. Iqlimi keskin kontinental, quruq va issiq. Iyul oyida eng yuqori havo harorati +46, +48 bo`ladi. Tomditog`ning yon bagʻirlari va etaklarida boʻz, qoʻngʻir, qumli choʻl tuproqlarida asosan, shuvoq, boyalich, arpagʻon va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Ulardan yaylov sifatida foydalaniladi. Tomditog`da ohaktosh, marmar, boksit, oltin va boshqa qazilma boyliklar ochilgan.
Tomon-
Tomoq-
Tonna-
Topshiriq-
Tos (dumg`aza) suyagi- gavda skeletining pastki qismi. Tos chanoq ham deb atladi. Chanoq odamda oyoqlarni, sut emizuvchilarda esa orqa oyoqlarni, tanaga birlashtiradi. Chanoq umurtqa pogʻonasi va tananing yuqori qismi uchun tayanch vazifasini bajaradi. Chanoq oʻng va chap nomsiz chanoq suyaklari hamda dumgʻaza va dum suyaklaridan hosil boʻladi. Chanoq suyaklari birbiriga oldidan qov simfiziga oʻxshab, orqadan esa juft dumgʻazayonbosh boʻgimlari koʻrinishida dumgʻazaga birlashadi. Har bir nomsiz suyaklar (oʻsish davri oxirida qoʻshilib ketadi) yonbosh, quymuch va qov suyaklaridan tashkil topadi. Ular birlashish joyining tashqi tomonida quymuch kosasi joylashadi. Chanoq suyaklarida orqa tomondan orqa va umurtqa pogʻonasi muskullari, oldidan qorin muskullari birlashadi. Oyoq muskullari ham chanoqdan boshlanadi. Dumbaning katta muskuli chanoq sohasidagi eng katta muskul hisoblanadi. Yonboshning ichki juft arteriyalari chanoq devori va undagi ichki aʼzolarni qon bilan taʼminlaydi. Chanoq sinishi chanoqning xavfli shikastlaridan xisoblanadi. Chanoq chiqishi kam uchraydi. Lekin bolalarda chanoq shikastlanishi natijasida boylamlar uzilishi, chanoqson boʻgʻimi chiqishi koʻproq kuzatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin