Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə243/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Turon pasttekisligi- Oʻrta Osiyoning shimoli-gʻarbiy va markaziy qismi hamda Qozogʻistonning janubi-gʻarbida joylashgan tekislik. Shimoli-gʻarbda Ustyurtning shimoli-gʻarbi boʻylab Sharqiy Yevropa tekisligi, Janubiy Ural, shimolida Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston past togʻlari bilan, shuningdek, Betpaqdala choʻli, Balxash-Olakoʻl botigʻining shimoliy chekka qismlari boʻylab chegaralanadi. Janubiy-sharqda va janubida Oʻrta Osiyo togʻlari, gʻarbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Turon tekisligi berk havza, uning markaziy qismida Orol dengizi botigʻi joylashgan. Tekislikning oʻrtacha balandligi 150– 200 m. Gʻarbiy qismi dengiz sathidan 28 m pastda, baʼzi bir botiqlar —132 m. Sharqqa tomon tekislikning balandligi ortib boradi.Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik qumli, gilli, toshloq, choʻllari joylashgan. Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik daryolari: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshonning toʻrtlamchi davrda tentirab oqishi natijasida kelib chiqqan qadimgi oʻzanlari (Oʻzboʻy, Janadaryo, Aqchadaryo, Moxondaryo va boshqalar) saqlanib qolgan.
Turp- ikki yillik sabzavot o`simligi. Uning ildizmevasi yumaloq, uzunchoq shaklda bo`lib, oq, qora, kulrang, sariq, yaltiroq qizil ranglarda bo`ladi. Turp sovuqqa chidamli o`simlik bo`lib, nam va salqin sharoitda yaxshi o`sadi. Turp ovqatga faqat xom holda ishlatiladi. Ta`mi achchiqroq, o`tkir, ba`zilari serqand bo`ladi. U urug`idan ekiladi, 90 kunda yetiladi.
Turto`rg`ay-
Tushlik-
Tustovuq-
Tut-(Moms L.)tutdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 15 m gacha yetadigan daraxt. Barglari tuxumsimon, buyraksimon, tuxumsimon bo`ladi. Mevasi oq, qizil, qora rangli, shirin yoki nordon-shirin mazali, sershira, urug`i to‘p meva. Tut aprel oyida gullaydi, may-iyunda pishadi. Tut turlari qishloq xo‘jaligida ipak qurti uchun ozuqa sifatida foydalanish va dalalarni himoyalovchi ihotazorlar sifatidan foydalanish maqsadida keng ko`lamda ekiladi, lekin kо‘pincha yovvoyilashgan holda ham uchraydi.Mevali daraxt, mevasi ham xuddi shu nom bilan ataladi. Tut mevasi quritilgan holda ham, ho`l holatida ham iste`mol qilinadi. Mevasi yeyiladigan tutlar payvandlash yo`li bilan ko`paytiriladi.
Tutqanoq- epilepsiya ham deyiladi. Tutqanoq— bosh miyaning surunkali kasalligi hisoblanadi. Koʻpincha tirishish, hushdan ketish, bemor shaxsining oʻzgarishi, ayrim hollarda aqliy qobiliyatning susayib borishi bilan kechadi. Bosh miyaning tutqanoq tutishiga bosh va orqa miyaning yuqumli kasalliklari, jarohatlari, tugʻruq chogʻidagi noxushliklar, endokrin omillar, nogahon qoʻrquv tutqanoqqa sabab boʻladi. Koʻpincha hech bir sababsiz, baʼzan qattiq hayajon, horish va boshqalardan soʻng tutqanoq tutadi. Aksari tutqanoq tutishidan avval bemor kayfiyati oʻzgaradi, serzarda yoki maʼyus boʻladi, boshi ogʻriydi, lanj tortadi. Baʼzan hech qanday belgisiz, shuningdek, uyquda ham tutqanoq tutadi. Deyarli koʻpchilik hollarda bevosita tutqanoq tutishidan oldin bir necha sekund davomida oʻtkir ruhiy holat yuz beradi. Bunda bemor oʻzini yomon his qiladi, boshi aylanadi, eti uvishadi. Shuningdek, bemor koʻziga dahshatli manzaralar koʻrinishi, burniga qoʻlansa, kuyundi hidlar kelishi, shovqinsuron eshitilishi va achchiq, shoʻr taʼm sezilishi mumkin. Baʼzida bemor bu vaqtda bir xildagi harakatlarni takrorlayveradi, masalan, ogʻzini chapillataveradi, oldida turgan narsani yigʻaveradi yoxud bir joyda gir aylanadi, oʻz-oʻzidan yugurib ketadi va boshqa holatlar kuzatiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin