Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə251/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Usyurt qo`yi- arkal (Ovis orientalis arcal) Manqishloq yarim oroli, Kaspiy dengizining jarlik sohillari, Qorabo`g`ozko`l, Qoraqumning past tog`lari va o`ngirliklari hamda Orol dengizining g`arbiy qismida tarqalgan tur. O`zbekistonda Qoraqalpog`iston hududining Ustyurt qismida uchraydi. Ko`chqorining vazni 58 - 79 kg, tanasining uzunligi 121 - 147 sm, bo`yi 77 -98 sm, shoxlarining uzunligi 92 sm gacha bo`lib, boshining ikki yonida chala o`rama hosil qiladi. Urg`ochisi erkagiga nisbatan kichikroq, vazni 36 - 56 kg, shoxlari ingichka va nisbatan kalta (uzunligi 25 - 30 sm). Erkagining bo`yni ostida qalin yoli bo`ladi, tumshug`i ostida qalin yungi (soqoli) bo`lishi bilan boshqa kenja turlardan farq qiladi. Ustyurt qo`yi cho`l sharoitiga moslashgan, Qoraqum tog`larining odam va yirtqich hayvonlar o`tolmaydigan tik qiyaliklari va jarliklari ustida yashaydi. Yozda kechasi o`tlaydi, sho`rlangan buloq suvi bilan qanoatlanadi, qishda va bahorda ko`pincha kunduzi o`tlab, ko`lmak bo`lib qolgan yomg`ir suvidan ichadi. Manqishloq va Ustyurtning o`zlashtirilishi, brakonerlik tufayli Ustyurt qo`yining soni keskin kamayib ketgan, hozir bir necha yuz qo`y Qoraqalpog`iston hududida saqlanib qolgan. Ustyurt qo`yini ovlash man qilingan. Arkarlar poda bo`lib yashaydi. Bo`g`ozlik davri 5 oyga yaqin. May-iyunda bitta, ba’zan ikkita bola tug`adi. Qo`zisi 2,5 - 3 yoshda voyaga yetadi. Arkar xonaki qo`ylarning avlod boshi hisoblanadi. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Uvoda baliq-
Uy hayvonlari-- odam ko`paytirib va boqadigan hayvon turlaridir. Hamma Uy hayvonlari yovvoyi ajdodlaridan kelib chiqqan, lekin tashqi koʻrinishi, xulqodati, mahsuldorligi bilan yovvoyi hayvonlardan farq qiladi. Bu farqlar odam koʻrsatgan taʼsir natijasidir. Ipak qurti va asalaridan boshqa hamma uy hayvonlari umurtqalilardir. Uy hayvonlariga: qoramol, qoʻy, echki, shimol bugʻusi, tuya, lama, buyvol, qoʻtos, banteng , ot, choʻchqa, it, mushuk, quyon, dengiz choʻchqasi, tovuq, oʻrdak, gʻoz, kurka, sesarka, kaptar, asalari, ipak qurti va boshqa kiradi. Hayvonlar juda qadim zamonlarda qo`lga o`rgatilgan. Koʻpchilik hayvon zotlari odam ehtiyojiga qarab qoʻlga oʻrgatilgan. Uy hayvonlaridan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ot, eshak, tuya kabi hayvonlardan transport vositasi sifatida ham foydalaniladi. Bundan tashqari uy hayvonlari go`shti, suti, tuxumi, terisi, juni uchun boqiladi.
Uyqu- hayvon va hasharotlarda kuzatiluvchi, tabiiy fiziologik minimal faollik holati. Uyquni bajarish uxlash deyiladi. Uyqu va u bilan bog‘liq hodisalarni somnologiya fani o‘rganadi. Uyqu — odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat. Bunda fiziologik jarayonlar bir qadar sekinlashadi va organizmning , chunonchi, markaziy nerv sistemasining ish qobiliyati tiklanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratiladi. Uyqu har bir insonning zarur hayotiy ehtiyojidir. Inson butun hayotining uchdan biri har kecha-kunduzda davriy kuzatiladigan uyqu holatida oʻtadi. Uyqu vaqtida muskullar tonusi susayadi (uyqudagi odamning koʻp muskullari boʻshashgan boʻladi), sezuvchanlikning barcha turlari — koʻrish, eshitish, taʼm bilish, hid sezish, teri sezuvchanligi keskin susayadi. Qattiq uyquda nafas uygʻoqlikdagiga nisbatan ancha chuqur, yurak urishi sekin, arterial qon bosimi, toʻqimalarga qon kelishi, moddalar almashinuvi, gavda temperaturasi past boʻladi. Bularning barchasi Uyqu holatida miya bilan bir qatorda hujayralar va toʻqimalar hayot faoliyatini taʼminlovchi hamma ichki aʼzolarning ham "dam" olishidan dalolat beradi. Ammo uyqu hakidagi zamonaviy tasavvurlarga koʻra, uyqu faqat dam olish emas, balki kun boʻyi olingan turli axborotni qayta ishlash va ertasi kun yana qabul qilish qobiliyatiga erishish uchun qaratilgan jarayondir.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin