Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Urug`- o`simlikning unib chiquvchi mevasi, urug`i, piyozi va boshqalar. O`simliklarda (semen) — urug`li o`simliklar generativ



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə249/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Urug`- o`simlikning unib chiquvchi mevasi, urug`i, piyozi va boshqalar. O`simliklarda (semen) — urug`li o`simliklar generativ organi, nihol hosil qilish, tarqalish va tashqi noqulay sharoitlardan muhofaza qilish vazifalarini bajaradi. Odatda, urug`langandan keyin urug`kurtakdan rivojlanadi. Baʼzan urug`lanmasdan ham rivojlanishi mumkin. Urug` murtak, pust va ko`pincha zaxira oziq moddalardan iborat. Baʼzan urug`da bir necha murtak bo`lishi mumkin. Urug` qobig`i urug`kurtak devoridan hosil bo`ladi. Baʼzi o`simliklar urug`ining qobig`i tashqi (etli, sersuv) va ichki (qattiq, quruq), boshqa o`simliklarniki qattiq, qalin yoki yupqa bo`ladi. Urug`ning kattaligi va og`irligi har xil. Bitta mevada bittadan bir necha ming , hatto milliongacha urug` bo`lishi, bitta o`simlik (ayniqsa, begona o`tlar) minglab urug` berishi mumkin. Har xil o`simliklar urug`ining unib chiqish muddati turlicha bo`lib, bu urug`ning saqlanish sharoitiga bog`liq. Urug` oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Urug`dan un, moy, kraxmal, bo`yovchi va dorivor moddalar olinadi. Ko`pchilik o`simliklar urug`i yoki uni mol va parrandalarga yem sifatida beriladi.
Urush xudosi-
Ustaxona-
Ustun- binoning tayanch qismi. Asosan, tomni koʻtarib turishga xizmat qiladi. Ustun deyarli hamma xalklarning meʼmorligida qadimdan mavjud. Meʼmorlik sanʼati yuksak darajaga koʻtarilgan Qadimgi Misr, Yunoniston, Rimda, shuningdek, budda dini tarqalgan mamlakatlarda ustun tasvir va naqshlar bilan bezatilgan oʻziga xos turlari vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoda geografik muhit taqozosi bilan ustunlar xalq meʼmorligida, asosan, tik va toʻgʻri oʻsgan daraxt (tol, terak, qayragʻoch) tanasidan yasalgan xillari kengtarkalgan. Ustunlar poyustun, koʻzagi, bosha kabi qismlarga boʻlingan. Ular badiiy talqinda odam gavdasiga qiyos etiladi. Ustunlar tayanch vazifasidan tashqari bezak sifatida ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Ustunlar aylana, 6 va 8 qirrali shakllarda ishlanadi. Ustunlar xozirgi kun meʼmorligida ham keng qoʻllaniladi. Pishiq gʻisht, tosh, metall, temirbeton kabi ustunlarning oʻziga xos turlari zamonaviy qurilishda keng tadbiq etilmokda.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin