Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə246/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Uchquduq shahri- Navoiy viloyati Uchquduq tumanilagi shahar bo`lib, 1978-yildan boshlab, tuman markazi hisoblanadi. Hozirda aholisi 25,3 ming kishidan ziyod. Shahar 1961-yilda Muruntov oltin konining ishga tushirilishi munosabati bilan barpo etilgan. Uchquduqda oltin, oltingugurt, marmar ishlab chiqaruvchi kon sanoati korxonalari, jumladan, Navoiy konchiligiga qarashli Shimoliy kon boshqarmasi, Zarafshon qurilish boshqarmasi tasarrufidagi "Shimol" korxonasi, Koʻkpatos geologiya razvedka ekspeditsiyasi, 31 Qizilqumgeologiyarazvedka partiyasi, Oʻzbekiston—Rossiya "Promelektro" qoʻshma korxonasi, qurilish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shoxobchalari, avtokorxona, umumiy taʼlim maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, gimnaziya, konchilik kasb-hunar kolleji ishlab turibdi. Madaniyat uyi, kutubxona, klub muassasalari mavjud. Stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari aholiga xizmat qiladi. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya qismi, silga qarshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, ambulatoriya, kasalxona, vrachlik punkti, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Shahar hududidan Navoiy—Uchquduq— Nukus yoʻnalishidagi katta avtotrassa oʻtadi. Uchquduq — Miskin yangi temir yoʻl tarmogʻi mavjud.
Ufq- gorizont (yunoncha horizo — chegaralayman degan ma`noni bildiradi) — ochiq joyda Yer yuzasining koʻrinadigan chegara qismi yoki Yer yuzasining osmon bilan kesishadigan qismi. Koʻrinma ufq va matematik ufq farqlanadi. Kuzatuvchiga osmon sferasi Yer yuzasi bilan tutashib ketadigandek boʻlib koʻrinuvchi egri chiziqni koʻrinma ufq deyiladi. Masalan, dengiz qirgʻogʻida turgan odam 5–6 km, 10 m balandlikda esa 12,1 km uzoqdagi buyumlarni koʻrishi mumkin.
Ugom badani- g`arbiy Tyanshandagi juda kamyob o`simlik. Bo`yi 30 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`t. ildizpoyasi va poyasi yo`g`on. Barglarining uzunligi 15 sm gacha, eni esa 13 sm. Gullari to`q pushti rangda bo`ladi. Iyul-avgust oylarida gullab, avgustda mevasi yetiladi. Ugom badani Ugom tizmasida Ugom daryosining quyi oqimida tarqalgan (Toshkent viloyati). Qozog`istonda ham uchraydi. Asosan tog`lardagi qoyalarning yoriqlari orasida yakka-yakka holda o`sadi. bugungi kunda soni keskin qisqarib ketgan. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
Qo`ng`ir qumuzum-
biror narsa yopirilib o`sadigan, qishda barglarini to`kadigan buta. O`zbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan. Barglai etli, qalami nashtarsimon, qirqilgan, uzunligi 7 sm, eni 6 sm. Guli sariq rangda bo`ladi. Mevasi esa ko`p urug`li, yassi – yumaloq, diametric 1-1,5 sm, etli va sershira, qo`ng`ir-qizg`ish rangli bo`ladi. Iyun-sentabr oylarida gullab, iyul-oktabrda mevasi pishadi. Qo`ng`ir qumuzum Usyurtda tarqalgan (Qoraqalpog`iston). Turkmaniston va Eronda ham o`sadi. Bu o`simlik toshloqlarda, sho`r tuproqlarda, chuchuk va ma`danli buloqlar atrofida o`sadi. urug`idan va ildiz bachkilari orqali ko`payadi. Mahalliy xalqlar mevasini ko`plab yig`ib olishi tufayli soni kamayib ketmoqda. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin