Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə245/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Tuyaqush-(Struthioniformes) – dunyodagi eng yirik va ucha olmaydigan qush. Tuyaqushning faqat bitta turi - afrika tuyaqushi bor. Hindiston, Xitoy, Mongoliya, Eron, Ukraina va Gretsiyadan qazilma qoldiqlari maʼlum. Tuyqushning boʻyi 270 sm, ogʻirligi 80–90 kg gacha bo`ladi . Uning oyolari baquvvat bo`lib, soatiga 70 km gacha yugura oladi. Uyasini yerga yasaydi va 7— 9 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumi yirik, uzunligi 150 mm, ogʻirligi 1,5, baʼzan 2 kg gacha bo`ladi. Tuxumini kechasi nari, kunduzi modasi 40 kun bosadi. Asosan, oʻsimliklar, hasharotlar, mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Goʻshti va tuxumi mazali, patlari chiroyli bo`ladi. Hozirda bir qancha mamlakatlarda tutqunlikda koʻpaytirilmoqda.
Tuz- kimyoviy birikma. Tuzdan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Tuz labarotoriyada ham, tabiiy sharoitda ham olinadi. Tuz suvda yaxshi eriydi.Tabiatda tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48-yillarda ilk oʻzbek kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) rahbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan oʻrganildi. "Dengizkoʻl" (Buxoro), "Tuzkon" (Jizzax), "Shoʻrkon" (Fargʻona), "Xoʻjakon" (Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli qatlamlar aniqlandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir qatorda qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli tuzlarga boy. Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli tuzlar ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik, koʻn, lok-boʻyoq sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda tuzlar keng qoʻllanadi. Kundalik roʻzgʻorda isteʼmol uchun NaCl tuzi (osh tuzi) ishlatiladi.
Tuzkon ko`li- Jizzax viloyatidagi koʻl. Jizzax shahridan 56 km shimoli-gʻarbdaт oqib o`tadi. Nurota tizmasining tarmogʻi — Pistali togʻdan sharqroqda. Koʻl suv va shamol taʼsirida paydo boʻlgan. Shimoliy va shimoli-gʻarb tomonga bir oz choʻziq. 1969-yil iyul oyida Arnasoy suvi sathining koʻtarilishi natijasida Tuzkon tor boʻgʻoz orqali Aydar koʻli bilan qoʻshilib, uning maydoni 400 km²ga yetgan. Koʻlga Qili daryosi va Oqbuloq kollektori quyiladi. Ko`lning hech qayeridan suv oqib chiqmaydi. Maydoni 705 kv.km. Eng chuqur joyi 20 m. Qirgʻoqlari, asosan, tekis. Gʻarbiy va sharqiy sohillarida tepaliklar uchraydi. Janubiy va janubi-sharqiy sohillari botqoqlik va qamishzor bor.
Tyanshan tog`i-(xitoycha tyan — osmon, shan — togʻ, ya`ni osmon tog`i degan ma`noni bildiradi), Tangirtogʻ — Osiyosing markaziy qismidagi yirik togʻ tarmogʻi.
Uchar yulduz- Quyosh sistemasida harakat qilib turadigan mayda-mayda qattiq jismlaming atmosferadan shiddat bilan o‘tishi natijasida vujudga keladi. «Uchar yulduzlar», ya’ni meteorlar Quyosh sistemasidagi asteroid va kometalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin