Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə252/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Uyqusizlik-(baʼzan insomnia ham deyiladi) tegishli sharoit boʻlishiga qaramay, uxlay olmaslik kasalligi. Bu odatda holsizlanish, bosh ogʻriqlari va boshqalarni keltirib chiqaradi. Uyqusizlik atamasi uyquning mutlaqo yoʻqligini emas, balki uxlash qiyinligini anglatadi. Uyqusizlik— tungi uyqu maromining buzilishi; tunda kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmaslik, bevaqt uygʻonaverish, shuningdek, juda erta uyqu oʻchib ketishi va boshqalardir. Uyqusizlik yotadigan joyning noqulay boʻlishi, biror narsadan hayajonlanish, birorta kasallikning boshlanish belgisi boʻlishi ham mumkin. Agar uyqusizlik noxush kechinmalar, toliqish, uxlash maromining buzilishidan kelib chiqqan boʻlsa, u oʻzicha tiklanadi. Buning uchun har kuni bir vaqtda odatdagi sharoitda yotish, yaxshi hayollar surish lozim. Uyqusizlik ayollarda erkaklardagidan 1,4 marta koʻp tarqalgan.
Uzum-(Vitis vinifera L.) tok uzumdoshlar oilasiga mansub bo`lib, bo‘yi 30 m ga etadigan jingalaklari yordamida daraxtlarga osilib o‘suvchi daraxtsimon ko‘p yillik liana. Shoxlari qo‘ngir-qizil, qo‘ngir-sariq, yoki yashil rangli. Barglari yumaloq yoki buyraksimon, asos qismi o‘yilgan, o`tkir yoki to`mtoq uchli, 3-5 bo`lakli, tishsimon qirrali bo`lib, uzun bandi yordamida poyasi bilan shoxlarining bo‘ginlarida ketma-ket o‘rnashgan. Mayda, ko`rimsiz gullari ro‘vak gul to‘plamiga joylashgan. Mevasi - mazasi, rangi va katta-kichikligi turlicha bo`lgan urug`i sershira ho`l meva. Uzum may-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-oktabr oylarida yetiladi. Yovvoyi holda Toshkent (Oxangaron daryosi vodiysida) va Surxondaryo (To'palang daryo havzasida) viloyatlarida, Jizzax viloyatining Nurota tog`larida uchraydi. Umuman tokning xalq seleksiyasi tomonidan ming yillar davomida yaratilgan ko‘plab madaniy navlari aholi tomonidan keng miqyosda o‘stiriladi. Xalq tabobatida uzum mevasi va bargi ishlatiladi. Mevasi toliq pishganda uziladi va quritmasdan yoki quritib (mayizi) qo`llaniladi.
Uzun dumli burgut-(Haliaectus leucoryphys pall) O`zbekistonda Amudaryoning pastki oqimlarida yashovchi qush. Qarilarining rangi qoramtir qo`ng`ir, yoshlari dog`siz, bir tekis qo`ng`ir rangda bo`ladi. U ehtiyotsizroq. Bu burgut boshqa burgutlar kabi “kvox-kvox-kvox” degan baland tovush chiqaradi. Baliqlar, kemiruvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. U o`laksalarni ham yeydi. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin