Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə255/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Veterinar-(lotincha veterinaries – hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi degan ma`noni bildiradi) hayvonlar kasalliklarini o`rganuvchi va ularni davolovchi shifokor.
Viloyat- maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. Viloyat oʻz navbatida tumanlarga, tuman shahar va qishloqlarga boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi (1992) Konstitutsiyasida (68-modda) Oʻzbekistan Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratligi mustahkamlab qoʻyilgan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasida 12 viloyat bor. Viloyatlar oʻz navbatida tumanlarga boʻlinadi. Viloyatlar chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek yangi Viloyatlar tashkil qilish, ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi roziligi bilan amalga oshiriladi. Viloyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha hokim boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashi hokimiyatning vakillik organidir. Bu kengash davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab, oʻz vakolatiga taalluqli masalalarni hal etadi. Viloyat xalq deputatlari kengashi va Viloyat hokimlarining vakolat muddati — 5 yil. Viloyat hokimlari Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradi, oʻzlari rahbarlik qilayotgan organning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir.
Vitamin-(lotincha vita – hayot degan ma`noni bildiradi),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur bo`lgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal bo`lishi to`g`risidagi maʼlumotlar qadimgi Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Kishi o`zi uchun zarur vitaminni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda vitamin yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo bo`lmaganda avitaminoz paydo bo`ladi. Vitaminning asosiy manbai o`simliklardir. Vitamin hosil bo`lishida mikroorganizmlar ham katta rol o`ynaydi. Vitamin organizmda sodir bo`ladigan kimyoviy jarayonlarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni o`zlashtirishiga taʼsir ko`rsatadi, hujayralarning me`yorda o`sishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay bo`lmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda vitamin yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chidami kamayadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin