Xalq maqoli-xalq og`zaki ijodi janri; qisqa va lo`nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg`ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilmhunar, do`stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan.
Xamir- un, suv, sut, yogʻ, tuz qoʻshib tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulot. Turli taomlar, non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi. Moʻljallangan mahsulotga qarab turli xamirlar tayyorlanadi. Oddiy oshxamir— togʻorachaga elangan un solinib, oldindan tayyorlangan namakobdan oz-ozdan qoʻshib xamir qoriladi, yaxshilab pishitib iylanadi. Tayyor xamirni tindirish uchun zuvala qilib, 10—15 minut oʻrab qoʻyiladi, somsa, chuchvara, ugra, norin, lagʻmon va boshqa taomlar tayyorlash uchun yupqa qilib yoyiladi. Bunday xamirni tayyorlash uchun 1 kg unga 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz solinadi. Oshirma yoki xamirturushli non xamir togʻorachadagi suvga tuz va xamirturush solib eritilgach, moʻljaldagi un solinadi va oz-ozdan suv qoʻshib xamir qoriladi. Tayyor xamir usti qalinroq narsa bilan yopilib, oshirish uchun bir soatga issiqroq joyga qoʻyiladi. Xamirning oshganligi koʻpchishi va orasida mayda gʻovakchalar paydo boʻlganligidan bilinadi.
Xandon pista-
Xapri-
Xarita-(yunoncha chartes — varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta — Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi. Turli masshtabli xaritalarda voqea va hodisalar turli xil aniqlikda tasvirlanadi. Ularda nima tasvirlanganligi va hududning ko`lamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va okeanlar xaritalari, tabiiy geografik o‘lkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar xaritalari, ma’muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar (qo‘riqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, shahar va viloyatlar, tumanlar xaritalari. Mazmuniga ko’ra xaritalar ikkita yirik guruhga bolinadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar. Umumiy geografik xaritalarda joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, kоʻl, muzliklar, tuproq va o‘simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo`jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo‘llari, chegaralar va boshqalar. Mavzuli xaritalar, o‘z navbatida, yana ikki guruhga—tabiiy va iqtisodiy xaritalarga bo’linadi. "Tabiiy geografik xaritalar"ga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, o‘simlik, hayvonlar, landshaft, tabiatni qo’riqlash, foydali qazilmalar konlari xaritalari kiradi. "Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar" iqtisodiy, tarixiy, madaniy-siyosiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |