Yelkan- Yelpig`ich- Yem- mollarga beriladigan toʻyimli ozuqa. Chorvachilikda suli, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, qora bugʻdoy, soya, vika, noʻxat donlari va boshqalar yem oʻrnida ishlatiladi. Yem boʻladigan donlar tarkibida 75% gacha uglevodlar, 12% protein, 2—5% yogʻ, 1—4% mineral moddalar hamda V guruhiga mansub vitaminlar mavjud. Barcha hayvonlar va parrandalarga yem aralash yem va yem aralashmasi koʻrinishida beriladi. Yemning toʻyimliligini oshirish maqsadida kepak, kunjara, pivo, spirt, shakar zavodlari chiqiti, baliq uni, goʻsht uni, goʻsht-suyak uni, qon uni va boshqalar yemga aralashtiriladi yoki boshqa turdagi ozuqalarga yem aralashtirib tert qilinadi. Yem yengil hazm boʻlishi uchun maydalanadi, tuyiladi, tegirmonda un qilib tortiladi, achitiladi. Mogʻorlagan, qoʻlansa hidli, qora yoki qoʻngʻir tusdagi, rangi aynigan, zaharli moddalari boʻlgan don va don mahsulotlarini yem oʻrnida ishlatib boʻlmaydi.
Yeng- Yer- biz yashayotgan sayyora. U taxminan 4,7 milliard yil muqaddam kosmik chang, tosh va gazardan paydo bo`lgan. Million yillar davomida Yer qiyofasi zilzila, vulqonlar otilishi, yomg`ir va shamol ta`sirida o`zgarib borgan. Yer Quyosh sistemasidagi hayot mavjud bo`lgan yagona sayyora.
Yer po`sti-qattiq tog` jinslaridan tarkib topgan Yerning yuqori qatlami. Yer po`sti plitalar deb atalgan ulkan bo`laklardan tarkib topgan. Ular juda sekin-sekin siljiydi. Goho plitalar bir-biriga to`qnashadi va shaklini o`zgartiradi. Bunday hollarda tog`lar yuzaga keladi.
Yer shari- Yerning o`z o`qi- Yerosti suvlari- Yer po`stining yuqori qismidagi tog` jinslari qatlamlarining g`ovak bo`shliqdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bug`simon holatdagi suvlar. Yerosti suvlari umumiy suv resurslarining bir qismi bo`lib , suv taʼminoti va sug`orish manbai sifatida xalq xo`jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Joylashish sharoitiga ko`ra yerosti suvlari tuproq suvi, mavsumiy suvlar, grunt suvlari va qatlamlararo suvlarga bo`linadi. Yerosti suvlari atmosfera yog`inlari, daryo va sug`orish suvlarining shimilishi natijasida hosil bo`ladi. Yerosti suvlarining yer yuziga tabiiy chiqishi buloq, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga bo`linadi. Cho`llarda yerosti suvlaridan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan yerosti suvlari bilan taʼminlangan. O`rta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burg`i quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir. Ularning ko`pchiligidan ekinlarni sug`orishda foydalaniladi.