Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə267/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Yerusti suvlari-
Yetimtog`-Markaziy Qizilqumdagi qoldiqtogʻ. Ovminzatog` bilan Tomditog` togʻlari oraligʻida joylashgan. Eng baland joyi 622 m. Uzunligi 18 km. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻri tikroq. Iqlimi keskin kontinental, yillik oʻrtacha temperatura 13°, yillik yogʻin miqdori 100–150 mm. Etaklari boʻr va paleogenning choʻkindi jinslari bilan qoplangan.
Yevroosiyo materigi- Yer sharidagi eng katta materik, ikki qitʼa — Yevropa va Osiyodan iborat. Yer maydoni 54,9 mln kv.km, shundan 2,75 mln. km2 orollar. Materikning uzunligi (gʻarbdan sharqq) 16 ming km, eni (shimoldan janubga) 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: shimolda — Chelyuskin burni, janubda — Piay burni, gʻarbda Roka burni, sharqda — Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6 % toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74 % yashaydi. Aholisi 4,947 mln kishidan ziyod. Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar Janubiy yarim sharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo - eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi „Buyuk Ipak yoʻli“ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom — Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.
Yil- vaqt oʻlchov birligi: Yerning Quyosh atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadigan vaqtga yaqin. Uning davomiyligiga olimlar qadimdan qiziqqanlar. Qad. Xitoy va Misrda Yil ancha aniq hisoblangan. Yunon olimi Gipparx miloddan avvalgi 2-asrda Yil "1/300 kuni kam 365 1/4 kun" ekanligini aniqlagan. Bu esa hozirgidan farq qiladi. Shuningdek, Yilning fasl, oylarga boʻlinishi va davomiyligiga qarab hijriy- qamariy, hijriy-shamsiy yil hisoblari va boshqalar mavjud.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin