Xususiyat- Y. Oldrin-AQSH astronavt-uchuvchisi, Harbiy-Havo Kuchlari polkovnigi. U 1930-yil 20-yanvarda tavallud topgan. Y. Oldrin 1951-yil AQSH Harbiy akademiyasini tugatgan. AQSH ning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi astronavtlari guruhiga qabul qilingan. 1966-yil noyabrda "Jemini-12" kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan; 1969-yil iyulda "Apollon-11" kosmik kemasida (N. Armstrong va M. Kollinz bilan birga) birinchi marta Oyga tarixiy parvozini amalga oshirgan. "Apollon-1 1" kosmik kemasining oy boʻlmasida 20-iyulda Oyga qoʻngan va 21-iyulda Oldrin Armstrongdan 20 minut keyin Oy sathiga qadam qoʻygan va 1,5 soat yurgan.
Yadro (yer mag`zi)- Yerning markaziy eng chuqur joyi. Ye. ya.ning yuqori chegarasi 2900 km chuqurliqda, radiusi qariyb 3500 km ga teng. Yerning markazida harorat +5000°C. Ye. ya. tashki va ichki yadro (subʼyadro)dan iborat. Subʼyadroning radiusi 1300 km chamasida. Tashqi yadro suyuq boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Yer yadrosining tarkibi toʻgʻrisida yagona fikr yoʻq. Baʼzi olimlar Yer yadrosi temir va nikeldan iborat deyishsa, boshqalari metallashgan silikatlardan, uchinchi guruh olimlar esa temir oksidlaridan tashkil topgan deb hisoblaydilar. Geofizik maʼlumotlar va eng kuchli bosim sharoitida bajarilgan tajribalardan olingan maʼlumotlar asosida Yer yadrosi ehtimol nikel va oltingugurt aralashmali temirdan tashkil topgan deb faraz qilinadi.
Yagana- Yakkabog` shahri- Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi shahar (1978-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Qarshi) dan 95 km sharqda joylashgan. Aholisi 22,3 ming kishidan ortiq. Shaharda paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, toʻqimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Oʻzbekiston — Germaniya "Yakkabogʻteks" qoʻshma korxonasi bor. 105 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa, sport maktablari, 2 ta maktab-internat, 9 kasb-hunar kolleji, 3 kutubxona, shahar madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. 2 kasalxona, markaziy va tish davolash poliklinikalari, tugʻruqxona, dorixonalar, paxta tozalash zavodi profilaktoriysi aholiga xizmat koʻrsatadi. Yakkabog` bilan qoʻshni tuman markazlari va Qarshi shahri orasida avtobuslar qatnaydi.
Yakshanba-(fors-tojik tilidan olingan bo`lib, yak — bir va shanba-kun, ya`ni birinchi kun degan ma`noni bildiradi) — shanba va dushanba orasidagi hafta kuni. Haftaning oxirgi yettinchi kuni. Yakshanba xalq ichida "bozor kuni" yoki “dam oish kuni” deb ham yuritiladi.
Yalpiz- xushbo`y, ko`p yillik o`simlik. Yalpiz iltizpoyasidan olingan qalamchalari va ko`chatlaridan ko`paytiriladi. Yalpiz gullagan paytda kuchli xushbo`y modda ajralib chiqadi. Yalpiz tarkibida efir moyi bo`ladi. Bu moydan turli xil mahsulotlar(sovun, shampun, tish pasta, alkogol ichimliklar) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yalpizning jingalak yalpiz degan turi sanoatda tamaki tayyorlash uchun ishlatiladi. O`zbekistonda yalpizning ba`zi xushbo`y turlari ariq vazovur bo`ylarida, zax joylarda yovvoyi holda o`sib ko`payadi. Bahorda yangi chiqqan yalpizdan oshko`k sifatida foydalaniladi.
Yaltirbosh-(Bromus tectorum) boshoqdoshlar oilasiga kiradigan bir yillik o`t. bo`yining balandligi 20-30 sm ga yetadi. Poyasi kam shoxlangan, yupqa tukchalar bilan qoplangan. Bargi lentasimon, o`tkir uchli, mayda tishchalari bo`ladi. Yaltirbosh fevral oyida chiqadi, aprel oyida gullaydi. Gullari oq rangli bo`ladi, mevasi may oyida pishadi. Mevasi qipiq bilan o`raglan bo`ladi. Yaltirbosh urug`idan yaxshi ko`karadi, sernam yillari kuzda ham ko`karadi. U tekislik va tog`larda o`sadi. Yurtimizda yaltirboshning 16 ta turi o`sadi. Uning bir yillik va ko`p yillik turlari bor. Yaltirboshning ko`p yillik turlari yaxshi yem-xashak ekini hisoblanadi.