Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Xonadon- Xongul (Buxoro bug`usi)-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə261/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Xonadon-
Xongul (Buxoro bug`usi)- sut emizuvchi hayvon. Tanasi 78-86 sm, bo`yi 56-60 sm, og`irligi esa 75-100kg. to`q kulrang yelkasida qoramtir yo`llari bor. Shoxlari butoqli. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo vaOrol dengizi sohillaridagi qamishzor va to`qaylarda tarqalgan edi. Suvda yaxshi suzadi. O`simliklar bilan oziqlanadi. Ovlash taqiqlangan. Xongulning soni kamayib ketganligi sababli Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro`yxatiga va O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Xonqizi-(Coccinellidae) — qo`ng`izning bir turi. Xonqizi qoʻngʻizlarining tana uzunligi 3–7 mm, usti doʻmboq. Koʻpchilik turlari yorqin tusda boʻlib, odatda, ustqanotlarida chiziq va dogʻlar bor. Tuxumi koʻpincha toʻq sariq, 20—25 tasini toʻp-toʻp qilib qoʻyadi. Qurtlari serharakat, oʻsimliklarda ochiq hayot kechiradi. Koʻpgina xonqizi qoʻngʻizlari — yirtqich. Qoʻngʻiz va lichinkalari oʻsimlik bitlari, oʻrgimchakkanalar, koksidlar, barg burgalari, kanalar va boshqa bilan oziqlanadi. Xonqizi qoʻngʻizlarining 2 mingga yaqin turi maʼlum. Jumladan, Oʻzbekistonning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida 40 ga yaqin turi tarqalgan. Ekinlar biotsenozida yetti nuqtali qonqizi (Coccinellidae septempunctata L.), ikki nuqtali xonqizi (Adaliabipunctata L.) va boshqalari keng tarqalgan. Bitta qoʻngʻizi bir kunda 50—100, lichinkasi esa 85 tacha oʻsimlik bitini yeydi. Xonqizi qoʻngʻizlaridan oʻsimliklarni zararkunandalardan biologik himoya usulida foydalaniladi. Buning uchun qoʻngʻizlarni yigʻib, oʻsimlik bitlari koloniyasiga qoʻyib yuboriladi. Oʻzbekistonda poliz xonqizi qoʻngʻizlari (Epilachna chrysomelina F.) va 19 nuqtali lavlagi xonqizi qoʻngʻizlari (Bulae lichatchovi) ekinlarga zarar keltiradi.
Xorazm viloyati- Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925-yil fevraldan 1938-yil yanvargacha Xorazm okrugi deyilgan edi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Umumiy mаydоni – 6 300 kvаdrаt kilоmеtr. Iqlimi kоntinеntаl, o‘rmiyonа sоvuq qish vа quruq issiq yoz bo‘lаdi. Vilоyat аhоlisi 1 810 000 kishi, zеrо, tахminаn 80 fоizi chеt jоylаrdа yashаydi. Vilоyat 10 tа mа’muriy tumаngааjrаtilgаn, mа’muriy mаrkаzi Urgаnchdir. Urgаnch аhоlisi 135 000 kishi. Vilоyatning bоshqа kаttа shаhаrlаri – Хivа vа Pitnak.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin