Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə264/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Yangiyer shahri- Sirdaryo viloyatidagi shahar. Viloyat kengashiga qarashli. Shaharga 1957-yilda asos solingan. Toshkentdan 150 km janubi gʻarbda, Toshkent — Xovos temir yoʻl, Katta O`zbekiston trakti, Janubiy Mirzachoʻl kanali yoqasida joylashgan. Aholisi hozirda 30 ming kishidan ziyod. Shahardagi 400 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subʼyektdan 34 tasi yirik, 46 tasi kichik korxona, 332 mikrofirma, 2 qoʻshma korxona, 2 aksiyadorlik, 32 masʼuliyati cheklangan jamiyatdir. Qurilish tashkilotlari, 3 avtokorxona, taʼmirlashmexanika, asfaltbeton, sopol quvurlari, un, non, sut zavodlari, qandolatpazlik fabrikasi, savdo, madaniy, va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari bor. 10 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya internat, akademik litsey, 3 kasb-hunar (qurilish, tibbiyot, pedagogika) kolleji mavjud. 2 madaniyat uyi, klub, madaniyat va istirohat bogʻi bor. 60 ta sport inshooti, shu jumladan, stadion, sport zallari, 2 suzish havzasi, sport maydonchalari, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, bolalar futbol maktabi, "Yangiyer" futbol komandasi faoliyat koʻrsatadi. Jarqoq — Toshkent gaz quvuri shaharni gaz bilan taʼminlaydi. Yangiyerdan Toshkent, Guliston, Jizzax, Balandchaqir, Boyovut va boshqalar yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Yangiyo`l shahri-(1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda joylashgan. Hozirda shaharda 60 ming ziyod kishi yashamoqda. Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. "Russi—SA" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Mebel, poyabzal fabrikalari, un, yogʻmoy kombinati, biokimyo, temirbeton konstruksiyalari, paxta tozalash, gʻisht, eksperimental kolbasa, vinokonyak, konserva, kanop zavodlari, qandolatpazlikxamirturush birlashmasi, avtokorxonalar, qurilishtaʼmirlash tashkilotlari va boshqalar mavjud. 12 umumiy taʼlim, bolalar va oʻsmirlar musiqa, sport maktablari, akademik litsey, 3 kasb-hunar (texnologikiqtisodiyot, tibbiyot, maishiy xizmat) kolleji bor. 11 kutubxona, madaniyat uyi, 12 klub, madaniyat va istirohat bogʻi, Usmon Yusupov uymuzeyi, Alisher Navoiy xiyoboni, "Motamsaro ona" yodgorligi mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, bir necha poliklinika, dorixonalar, ayollar konsultatsiyasq aholiga xizmat koʻrsatadi.
Yantoq-(Alhagi sparsifolia) dukkakdoshlar oilasiga mansub bo`lib, uncha baland bo`lmagan sershox yarim butadir. Bo`yining uzunligi 60-80 sm ga yetadi, ildizining uzunligi esa 15-20 m. Yantoqning gullari qizil yoki pushti rangda bo`ladi. Ildizi baquvvat va juda uzun, pastga qarab tik o`sadi. Yantoqning barglari mayda bo`lib, tikanlari esa juda o`tkir. Yantoq dasht, cho`l, chala cho`l yerlarda o`sadi. Cho`llarda yantoqning besh turi o`sadi. Yantoq tuyalar va qo`ylarga yashil ozuqa hisoblanadi. Yantoqdan yuqori sifatli yem-xashak, silos va oziq uni tayyorlanadi. Yantoq yuqori sifatli asal beruvchi shirali o`simlik bo`lgani uchun O`zbekiston yantoqzorlarida maxsus asalarichilik tasdhkil etilgan. Sug`oriladigan yerlarda yantoq ashaddiy begona o`t bo`lib, uni yo`qotish uchun ildizini qirqib, ekin maydonidan chiqarib tashlash kerak.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin