5-ma’ruza mavzu: Kanop o’simligining agrotexnikasi. Tola sifatini baholash prinsiplari. Kanop poyasini tayyorlash va saqlash. Tut ipak qurti pillasi va pilla ipi xususiyatlari. Pillalarni dastlabki ishlash bazalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/23
tarix03.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#124366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-ma\'ruza


5-MA’RUZA


Mavzu: Kanop o’simligining agrotexnikasi. Tola sifatini baholash prinsiplari. Kanop poyasini tayyorlash va saqlash. Tut ipak qurti pillasi va pilla ipi xususiyatlari. Pillalarni dastlabki ishlash bazalari. Jun tolasining tuzilishi va uning xususiyatlari.
Reja:
1. Kirish. Tabiiy tolalardan foydalanish tarixi, xalq xo‘jaligidagi tutgan o‘rni va undan olinadigan mahsulotlar.
2.Tut ipak qurti kashf etilishi. Tut ipak qurtining rivojlananish bosqichlri.
3.Tut ipak qurtining boqish agrotexnikasi va oziqasi quruq pilla uchun standart talabi. Pillani shakli.
4.O‘zbekistonda jun tolalari va uni qayta ishlash rivoji. Junni hosil bo‘lish bosqichlari va tuzilishi dastlabki ishlash korxonalari. Jun tiplari. Junni turlari va xususiyatlari. Jun tolasini saralash va tozalash.

To‘qimachilik va engil sanoatda xomashyo sifatida ishlatiladigan paxta tolasi, kanop, ipak, jun va xar xil sun`iy tolalarga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda.


To‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan tolali xom-ashyo asosan ikki turga bo‘linadi: tabiiy va kimyoviy.
Tabiiy tolalarga- tabiatdan xosil etilgan, o‘simlik, mineral tolalar va jonivorlardan olingan jun tolalari kiradi. Ya`ni, paxta, kanoppoyadan, lendan va boshqa o‘simliklardan olinadigan tolalar, jun tolasi jonivorlardan olinadi. Mineral tolalarga esa asbest kiradi.
Kimyoviy tolalarga-yuqori molekulyar birikma ta`sirida kimyoviy yo‘l bilan olinadigan tolalar kiradi.
Mustaqil Respublikamizda to‘qimachilik sanoatini keng rivojlanishi yo‘lida, dunyo andozalariga mos keladigan yangi texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlanmoqdalar.
Ushbu sanoat o‘z ichiga salkam 15 ga yakin tarmoqlarni qamrab olgan. Ishlov berilayotgan xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga qarab, quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:
-paxta tolasiga ishlav beruvchi, kanopni qayta ishlovchi, junga ishlov beruvchi, ipakni qayta ishlovchi va boshqalar.
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash natijasida olinadigan mahsulotlarga:
1. Paxta tozalash korxonasida paxta xom oshyosidan olinadigan mahsulotlarga: tola, chigit, momiq va tolali chiqindilar kiradi.
2. Kanopni qayta ishlash korxonasida kanopdan olinadigan mahsulotlarga: uzun tola, kalta tola, kanop samoni va chiqindilar, yog‘och qismi kiradi.
Tabiiy tolalardan biri bo‘lgan kanop tolasi oq rangli, yumshoq, juda toza va pishiq bo‘ladi. Qop-qanorbop materiallar to‘qishda, arqon va kanop iplar tayyorlashda, texnikaviy materiallar (brezent va boshqalar), mebelbop materiallar va gilamlar to‘qishda kanop tolasidan keng foydalaniladi. Undan tashqari, chiqindi yog‘ochlikdan plitalar tayyorlanib, qurilish va mebel sanoatiga berilmoqda.
Kanop tolasining ajoyib xossasi-gigroskopiklik xossasi bor: u havodagi nimning ma`lum qismini o‘ziga olib,ortiqcha namlikni o‘zi orqali o‘tkazmay ushlab qoladi. Bundan tashqari, kanop tolasida mayda tukchalar bo‘lmaydi. SHuning uchun bunday toladan ishlangan qoplarga solingan qand, un va tsement kabi mahsulotlar namgarchilikda xam qurug‘ turaveradi hamda ifloslanmaydi.
Kanop ishlash texnologiyasini takomillashtirish, eng yangi texnika va texnologiyani joriy qilish, sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish sohasida ham katta ishlar qilinmoqda.
Kanop poyani ajratib olinadigan tola miqdorini oshirish va sifatini yanada yaxshilash, mashinalarning ish unumini oshirish va ularni takomillashtirish kabi ishlarni muvafaqiyatli bajarish uchun kanop korxonalarida ko‘pgina tadbirlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.Bu tadbirlar ichida eng muhim kanop korxonalari uchun malakali bakalavr, magistrlar tayyorlash hamda kanop korxonai mutaxassislarini nazariy va texnikaviy saviyasini doimiy oshirib borishdir.
Kanop gulxayridoshlar oilasiga kiradigan tolali bir yillik o‘simlikdir. O‘sish sharoitiga qarab, kanoppoyaning balandligi 5 metrgacha, yo‘g‘onligi esa 5 mm dan 25 mm gacha bo‘ladi. Kanopning vatani Janubiy Аfrika va Аmerika bo‘lib, u erlarda hozir ham yovvoyi holda o‘sadi. Kanop o‘simligi Xindiston, Pokiston, Xitoy, Аvg‘oniston, Eron, Kuba, Braziliya, Indoneziya, Sudan, Yava orollari va Аfrika mamlakatlarida qadimdan ekilib,sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib kelgan. SHimoliy Kavkazda 1924 yili tajriba uchun 23 ga erga kanop ekildi va yaxshi xosil olindi.O‘zbekistonda 1925 yili 275 ga erga kanop ekildi.Qirgiziston, Qozoqiston, SHimoliy Kavkaz, Turkmaniston, Janubiy Ukraina va boshqa joylarda ham kanop o‘simligi ko‘plab ekila boshlandi. Аyniqsa O‘zbekiston iqlimi kanop tolasi urug‘larning pishib etilishi uchun juda qo‘llash ekanligi ma`lum. Shuning uchun O‘zbekiston Respuplikasida, ayniqsa mamlakatimizning Toshkent viloyatida kanop ekish maydonlari va hosildorligini yildan-yilga oshirib borish imkoniyatiga egadir.
Kanop ekishning dastlabki yillarida kanoppoyadan tola olish jarayoni oddiy mashinalar bilan jihozlangan kustar tipidagi kichkina korxonalarida bajarilar edi. Ivitilgan poyadan tola ajratadigan mashinalar bo‘lmaganligi sababli barcha ishlar qo‘l mexnati yordamida amalga oshirilar edi. Natijada 20-30 kg uzun tola ajratar edi.
Izlanuvchi olimlar tomonidan kanoppoyadan tolani ajratib olish uchun yangi mashinalarni yarata boshladi.
Ivitilgan kanop poyasidan tola olish uchun M-2, B-3, M-4, mashinalari yaratildi. Ularni ish unumi bir smenada 25-30 t poyani ishlab, 2-3 t uzun tola olishga imkon berdi so‘ng bu mashinalarni mukamallashtirib, TMM-200 K mashina ishlab chiqarilib ko‘k po‘st-loqdan uzun tola ajratishga ham moslashtirildi.
Аyniqsa,chiqindilardan kalta kanop tolasi olinadigan KPK-1 markali mashina, Ivitilgan poyalarni suvdan chiqarib beradigan TV-3 markali transportyor, uzun tolaning namligini kamaytirib beradigan PO-50 siquv pressi, uzun tolani yumshatish uchun MM-50 (MM-2) mashina, katta bog‘lam hosil qilish uchun GP-2 pressi, urug‘lik poyani yanchib, urug‘ini ajratadigan MK-6.0 markali molotika va boshqalar ishlatila boshladi.
Kanopni dastlabki ishlash sanoatini yanada takomillashtirish ustida ilmiy izlanishlar olib borib, o‘rilgan ko‘k poyadan po‘stloq ajratuvchi NP-9, so‘ng yillarda esa mexanizatsiyalashtirilgan LS-1 va LO-1 po‘stloq ajratkich mashinalari yaratildi. Bu mashinalarini yaratilishi kanop ekuvchi xo‘jaliklarni ishlarini birmuncha osonlashtirdi.
Hozirda umumiy kanopning 90% dan ortigi korxonalarga poya tarzida emas, balki po‘stloq holida topshirmoqda. Shu munosabat bilan po‘stloq ishlaydigan mashinalar yaratila boshladi. 1963 yilda ivitilgan ko‘k po‘stloqdan tola ajratadigan АLV markali titib-yuvadigan keyinroq АLV-M markali mashinalar yaratildi. Ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijasida po‘stloqni ishlashdan tushgan tolali chiqindilarni ishlaydigan MKV markali mashina yaratildi.
Ivitilgan holda chiqqan tolani quritish masalasi ham eng og‘ir qo‘l mexnatiga asoslangan edi. Shuning uchun uzun ho‘l tolani qurutuvchi SLK-210-L1 markali, boyitilgan tolali chiqindilarni quritadigan SLG-120 va SLG-140 markali mashinalari ishlab chiqarildi.
1978 yildan boshlab ivitilgan poya va po‘stloqni ishlashga mo‘ljallangan, eng takomillashgan АLT mashinasi ham ishga tushdi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qisqa vaqt ichida kanop korxonalari yangidan-yangi, yuqori ish unumli, og‘ir qo‘l mexnatini osonlashtirishga mo‘ljallangan, mexanizatsiyalashgan, avtomobillash-gan mashinalarga ega bo‘ladilar.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin